BOLA KO'ZNING QORACHIG'IAbdurrohman ibn Zubayr ibn Nufayr o'z otalaridan rivoyat qiladi: «Bir kuni Miqdod ibn Asvadning oldida o'tirgan edik. Bir kishi o'tib qoldi va: «Bu ko'zlar qanday yahshi ko'zlar-a! Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ko'rgan ko'zlar bu!… Allohga qasamki, bizning ko'zlarimiz ham shu ko'zlar ko'rgan narsani ko'rgan bo'lsa edi. Sen hozir bo'lgan narsalarga biz ham hozir bo'lsak edi», dedi. Bundan u (Miqdod ibn Asvad) g'azablandi. Men ajablanib qoldim. Chunki yahshi, chiroyli gaplar aytilayotgan edi. u haligi odamga qarab: «Alloh taolo kishiga g'oyib qilgan narsani orzu qilib nima qiladi? Agar o'sha paytlarda bo'lganingda nima bo'lishni o'zi bilmaysan. Allohga qasamki! Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlarida ko'p odamlar bo'lgan. Lekin ko'pini Alloh taolo tumshug'idan tortib jahannamga tushirdi. ular u kishining davatiga ijobat qilmadilar va tasdiqlamadilar. undan ko'ra Alloh azza va jallaga O'zini tanitgani uchun va Nabiyingiz sollallohu alayhi vasallam keltirgan narsani tasdiqlaydigan qilib qo'yganiga hamd aytmaysizlarmi?! Boshqalar tufayli balodan qutildingiz. Allohga qasamki! Hech bir Payg'ambar Nabiy sollallohu alayhi vasallam Payg'ambar qilib yuborilgan vaqtlaridagidek shiddatli paytda kelmagan. Din yo'q payt edi. johiliyat davri edi. Odamlar butlarga cho'qinishdan afzal ibodat yo'q, degan tasavvurda edilar. Ana shu vaqtda u zot furqon bilan kelib, u bilan haq va botilning orasini ajratdilar. u ila ota bilan bola orasini ajratdilar. Hatto odam otasi, bolasi aka-ukasini kofir holda ko'rardi. Alloh taolo O'zi hohlagan odamlarning qalb qulfini iymon bilan ochdi. u agar halok bo'lsalar, ular do'zahga tushishini bilardi. Ko'zi quvonchga to'lmas edi. u o'z mahbubini do'zahdaligini bilardi.
|