MO’MIN BANDALAR QANDAY BO’LADILAR?



Bugungi suhbatimizda mo’minlar haqida so’z yuritmoqchimiz. Eng yaxshisi Yaratganimiz Allohning mo’minlarhaqida bergan ta’rifi hisoblanadi. Qur’oni karimda mo’minlar bunday deb ta’riflangan:

إِنَّمَا الْمُؤْمِنُونَ الَّذِينَ إِذَا ذُكِرَ اللّهُ وَجِلَتْ قُلُوبُهُمْ وَإِذَا تُلِيَتْ عَلَيْهِمْ آيَاتُهُ زَادَتْهُمْ إِيمَاناً وَعَلَى رَبِّهِمْ يَتَوَكَّلُونَ

الَّذِينَ يُقِيمُونَ الصَّلاَةَ وَمِمَّا رَزَقْنَاهُمْ يُنفِقُونَ

أُوْلَـئِكَ هُمُ الْمُؤْمِنُونَ حَقّاً لَّهُمْ دَرَجَاتٌ عِندَ رَبِّهِمْ وَمَغْفِرَةٌ وَرِزْقٌ كَرِيمٌ* أُوْلَـئِكَ هُمُ الْمُؤْمِنُونَ حَقّاً لَّهُمْ دَرَجَاتٌ عِندَ رَبِّهِمْ وَمَغْفِرَةٌ وَرِزْقٌ كَرِيمٌ*

* Mo'minlar - Alloh (nomi) zikr etilganda - dillari qo'rquvda bo'ladigan, oyatlari ularga tilovat qilinganda - imonlari ziyoda bo'ladigan, Parvardigorlarigagina tavakkul qiladigan,

*  Namozni mukammal o'qiydigan va rizq qilib berganimizdan ehson qiladigan kishilardir.

* Aynan o'shalar haqiqiy mo'minlardir. Ular uchun Parvardigorlari huzurida darajalar va farovon rizq (bordir). (Anfol surasi, 2-4 oyatlar);

1. Qur’on tilovatini eshitganda yuraklari hayajonga tushadiganlardir, masalan, biron bir ma’raka yoki yig’ilishda chiroyli tilovatni eshitganda o’zgacha holatga tushadiganlar o’minlarning sifatlardan biriga egadirlar. Agarda siz bunday sifatga ega  bo’lsangiz mana shui tuyg’uni qo’ldan chiqarmaslikka harakat qiling;

2.  namozni mukammal o’qiydiganlar, ya’ni o’z vaqtida uni ado etishga harakat qiladiganlardir. Ular  ham namozni o’z vaqtida o’qishga va ham xushu’ bilan ibodat qilishga harakat qiladilar.

3. ehson qilishni sevuvchilar, mo’minlar rizq qilib berilgan ne’matlarning asl egasi Parvardigorekanligini unutmaydilar, shuning uchun doimo ehson –nafaqa qilib turadilar.



1