FARZANDLARNING HAQLARI HAQIDA



Shariatda tayin qilingan haq-huquqlarni tanish va unga amal qilish bashariyatning dunyodagi saodatini ta’minlovchi omillardan biridir. Shuning uchun bu borada ko’proq so’z yuritib siz azizlarni mana shu haqlardan boxabar qilmoqchimiz. Farzandlarning ota-onalari qarshisidagi vazifalari haqida ko’p soz yuritilgan, ammo ota-onalarning o’z farzandlari qarshisidagi burchlari nimalardan iborat ekanligini ko’pchjiki bilmaydi. Shunin g uchun bu suhbatimizda ana shu kamchilikni bartaraf qilish maqsadida farzandlarning haqlari haqida soz yuritmoqchimiz.

1.      Nasab. Nikohning asl maqsadlaridan biri – naslu-nasabni saqlashdir. Farzandning ota-onalari nikohdan o’tgan halol-pok yashagandagina nasabi aniq va pok bo’ladi.

2.      Bo’lajak farzandga munosib ota yoki munosib ona tanlash.  Islom dini bola hali dunyoga kelmasidan oldin u haqida qayg’urishni boshlaydi.  Oila qurilar ekan bo’lajak umr yo’ldoshining dindorligi, axloqi, insoniyligiga alohida ahamiyuat beriladi. Sababi ulardagi  yaxshi xislatlar  va yoki yomon odatlar bolaga ko’chishi  - isbotlangan haqiqatdir.

3.      Bolaga ona suti berish; tug’ilgan bola avvalo emishga muhtojdir, shuning uchun agar mabodo onada sut bo’lmasa, dindor emizuvchi ayolni toppish kerak bo’ladi, duch kelgan ayolga suti ko’p ekan, yoki suti yog’li ekan deb bolani topshirib qo’yishlik also yaramaydi. Bolani ikki yilga to’lgunigacha emizmoq lozimdir. Shuningdek onalar bolani emizayotganlarida iloji boricha tahoratli bo’lishga harakat qilmoqliklari lozimdir.

4.      Farzandlarga munosib ism qo’ymoqlik  Ota-onalar  farzandlariga ism tanlashda ehtiyotlik bilan yondoshmoqlilari lozimdir. Allohga bandalik, Yaratganga hamdu-sanoni bildiruvchi ismlar, o’tgan solih bandalar (anbiyo va avliyolar) ismlarini qo’yish maqsadga muvofiqdir. Allohgagina xos ismlarni qo’yishdan parhez qilmoqlik lozimdir. Masalan, Iloha, Ahad kabi ismlarni qo’ymoq yaramaydi.  Hazrat rasululloh(saov) o’z davrlarida ba’zi bir sahobalarning ismini munosib bo’lmaganligi uchun almashtirar edilar. Abdul-Uzzo ismli sahobaning ismini  Abdulloh deb o’zgartirgan edilar. Ya’ni “ Uzzo (but nomi) quli” ismini “Allohning bandasi” deb o’zgartirgan edilar.

5.      Yangi tug’ilgan chaqaloqqa azon va takbir aytish  Hazrat Ali (a.s) va Fotima onamizning farzandlari rasululloh(saov)ning nevaralari Hasan (a.s) tug’ilganida ul zot uning o’ng qulog’iga azon va chap qulog’iga esa Takbir ayttgan edilar. Aytilishicha, qulog’iga azon va iqoma aytilgan chaqaloqqa “Ummu sibyon” zarar yetkaza olmas ekan. “Ummu sibyon” bolalarga ziyon yetkizguvchi jindir.

6.      Yangi tug’ilgan bolaning tanglayini ko’tarish Abu Muso naql qiladi: Men farzandim tug’ilganida uni rasululloh(saov) huzurlariga olib bordim, ul zot uning ismini Ibrohim deb qo’ydilar va tanglayini xurmo bilan ko’tarib qo’ydilar. Shunda barakot tilab duo qildilar va menga bolani qaytardilar. U mening eng katta farzandim edi. Umuman olganda ko’pchilik sahobalar farzandli bo’lishganida farzandlarini rasululloh(saov) huzurlariga olib borishar edi va ul zot bolalarni ko’rib juda quvonar edilar va Abu Musoning farzandi bilan qilgan muomalani ya’ni tanglayini shirin narsa bilan ko’tarib duo qilishni kanda qilmas edilar. Shuning uchun farzand tug’ilganida uni solih odamlar oldiga olib boorish haqqiga duo qildirish va tanglayini ko’tartirish sunnat bo’lib qolgandir. Tanglayini ko’tarish shirinlik bilan ayniqsa xurmoni chaynab qilish mustahabdir, xurmo bo’lmasa boshqa biror shirin meva bilan tanglay ko’tariladi (tahnit qilinadi).

7.      Homiylik  bola yeti yoshga kirgunigacha birovning himoyasiga muhtoj, ya’ni ovqatlanish, kiyinish, yuvinish  va … larda katta odamlarga muhtoj bo’ladi. Shuning uchun agar bolaning ota-onasi bo’lmasa, unda yaqin qarindoshlari homiylikni amalga oshirmoqliklari lozim bo’ladi.

8.      Valiylik  Bola yeti yoshdan balog’at yoshiga to’lgunigacha valiyga ya’ni rahbarga muhtoj bo’ladilar. Valiylik ota-ona zimmasidadir, ammo ular bo’lmasa u holda yaqin qarindoshlar zimmasiga tushadi.

9.      Nafaqa  Farzandlarning oziq-ovqatini kiyim kechagini hozirlash ota-onalar burchidir .



1