ALLOHNING YAXSHI BANDALARI* Ular: "Parvardigoro, xotinlarimizdan va zurriyotlarimizdan bizlarga ko'z quvonchini baxsh et va bizlarni taqvodorlarga peshvo qilgin", - deydigan kishilardir. * Aynan o'shalar sabr qilganlari sababli (jannatdagi) yuksak darajalar bilan mukofotlanurlar va u joyda (farishtalar tomonidan) salom va omonlik bilan qarshi olinurlar. * Ular o'sha joyda mangu qolurlar. U eng go'zal qarorgoh va eng go'zal dargohdir. (Furqon surasi, 71-76 oyatlar) Shunday qilib, suyukli bandalar bu – 1. Gunoh qilib qoysalar ma’yus bo’lmay darrov Parvardigordan mag’firat so’raydilar; 2. Hech vaqt yolg’on guvohlik bermaydilar; 3. Parvardigorlarining oyatlarini eshitib fikr yuritadilar, anglashga harakat qiladilar; 4. Farzandlarining solih banda bo’lib yetishishlari uchun chin dildan harakat qiladilar va bu ishda Rahmondan ko’mak so’raydilar; 5. Hamisha sabr qiladilar (sabrlari ham musibatda va ham xursandchilik paytlarda, faqirlik yoki badavlat paytlarida, sog’ va kasal paytlarida doimo Allohning roziligi uchun sabrlidirlar); Aziz o’quvchilar, keling Solih bandalarning Alloh ko’rsatgan sifatlarini juda bo’lmasa bitta-bittadan o’z vujudimizga jo qilaylik, shunda beshak eng baxtli va eng suyukli bandalardan bo’lamiz. Alloh Taolo hammamizga tavfiq ato etsin. Bizlardan harakat Allohdan esa barakat! www.Hidoyat.org – saytidan olindi!
|