ZAMONAVIY DAJJOL



Oxir zamon haqidagi hadislarda Dajjol haqidagi ma’lumotlarni o’qib chiqsak, unda ko’pgina masalalar sirli ravishda bayon etilganligiga shohid bo’lamiz. Boshqa so’z bilan aytadigan bo’lsak, uning sifatlari va amallari juda xilma-xil bo’lib, Islom va Xudoning eng katta dushmani ekanligi aytilgan. Dajjol haqidagi ma’lumotlar haqida ilmoy ish olib borganlardan biri alloma Sayyid Muhammad Sadrdir. U o’zining “Imom Mahdi ”kitobining uchinchi jildida Dajjol haqida mufassal yozgan, biz bu yerda ana shu kitobdagi ma’lumotlarni qisqacha keltirmoqchimiz.

Dajjol- eng sirli tushunchal;ardan bo’li8b, hadislarda u haqida so’z yuritilganida “Odam yaratilgandan beri to Qiyomatgacha Islom uchun eng xatarli amr – bu Dajjolning kelishidir”deyilgan. Hadisda aytilgan “amr” so’zidan ma’lum bo’ladiki, Dajjol – bu ma’lum bir shaxs emas, balki butun bir madaniy, iqtisodiy va siyosiy jarayondir. Bashariyat tarixida Allohga materialistlardan ko’ra ko’proq dushmanlik qilgan toifa topilmaydi. Materialistlar nafaqat tavhid (yakkaparastlik)ni qabul qilmas edilar, balki umuman Xudoni O’zini ham inkor qilishga jur’at qilgan edilar.

Hadislarda aytilishicha, Dajjol osmonlardan yomg’ir yog’dira oladi va Yerlardan turli giyohlarni chiqara oladi.  Agar bugungi kunimizni olib qaraydigan bo’lsak, g’arb davlatlaridagi ilm-fanning rivojlanishi bilan odamlar bulutlarn9i portlatish yo’li orqali yomg’ir “yog’diryaptilar”. Sodda odamlar esa mana shu fan-texnika yutuqlarini ko’rib, rostdan ham Xudo yo’qmikin, deb ikkilanishgacha boryaptilar.

Rivoyatlarda aytilishicha, Dajjol qaysi mahalladan o’tsa, agar u mahalla ahli uni qabul qilmasa, ya’ni iymon keltirmasa, usha mahalla ahlini halok qiladi. Agar mahalla ahli uniga iymon keltiradigan bo’lsa, yogingarchilik mo’l bo’lib, sigirlar ham sersut bo’ladi (barakot yog’iladi).

Zamonamizga tatbiq qiladigan bo’lsak, darhaqiqat ham g’arb davlatlari siyosatini chin dildan qabul qilib ular bilan do’stlik aloqalarini kuchaytirgan davlatlar moddiy farovon hayotni kechirmoqdalar, va aksincha, g’arb istelochilarini qabul qilmay ularga qarshi chiqqan davlatlar qiyin hayotni boshdan kechirmoqdalar va hatto berahmona qirib tashlanyapti.

Yana rivoyatlarda aytilishicha, Dajujol Xudolikni iddio qiladi va o’zini hokimi mutlaq deb e’lon qiladi. Agar bizning zamonamiznik olib qaraydigan bo’lsak, darhaqiqat  ma’naviyatdan uzoq turadigan g’arb davlatlari butunj dunyo siyosatini qo’llariga olib, televideniye, radio, internet, jahon modasini tasis etish, turli konveciya va qonunlarni qabul qilib odamlarning tafakkuriga chuqur tasirini ko’rsatmoqda. Ular o’ylab chiqargan “cikularizm ” (din siyosatga aralashmasin, qonuni), “gumanizm” (insondo’sti) aslida Tavhid va dindorlikka qarshi chiqarilgan qonunlar majmuasidir.

Rivoyatlarda aytilishicha, Dajjol odamlarga suv beradi, vale u bergan suv aslida olov, va aksincha olov beradi, aslida usha olov suvdir. Hozirgi zamonda deb g’arb olami qadriyatlar (suv)deb nomlangan narsalar aslida har qanday insoniylik va qadriyatlardan uzoq razolat (olov)dir. Aksincha eskirgan va hech qanday qiymatga ega bo’lmagan xurofot (olov) deb e’lon qilingan narsalar  aslida poklik, dindorlik va ma’naviyat (suv)dir.

Rivoyatlarda aytilishicha, Dajjol bir ko’zlidir. Ya’ni ikkinchi ko’zi ko’r bo’ladi. Yana zamonamizga qaytib hadisni tahlil qiladigan bo’lsak, g’arbiylar va faqat moddiyatni qabul qiladiganlar, darhaqiqat faqat bir ko’zli maxluqqa o’xhsashadi. Nega deganda insoniyat ikki qismdan iborat, biri – ma’naviy (ruhiy) va ikkinchisi esa – moddiy. Agar bu ikki qismdan faqat birinigina qabul qiladigan bo’lsak, u holda noqis inson, yoki hadis ta’biri bilan aytadigan bo’lsak, “bir ko’zli” maxluqqqa aylanadi.

Rivoyatlarda aytilishicha, Dajjol yer yuzining barcha nuqtasiga yetib boradi, ammo ikki muqaddas makonga oyog’I yetmaydi. Bu ikki makon – biri Makkatul mukarrama; ikkinchisi – Madinai munavvara.



1