Yana bir bor hijob haqida



"Ey Payg’ambar, hotinlaringizga, qizlaringizga va mo’minlarning hotinlariga ayting, ustilariga yopinchiqlarini tashlab olsinlar! Mana shu ularning (kim ekanliklari) tanilib, ozorlanmasliklari uchun eng yaqin (uslubdir)" (Quron 33:59).

Avratni yashirish ayolni uning shaniga tegishdan saqlashga qaratilgandir. Yani ayollarni boshi va badanini yopib yurishga buyurilishidan yagona maqsad ularni himoya qilishdir.

Hristianlikdan farqli holda Islomda hijob erkakning ayol ustidan hukmronlik belgisi emas; Yahudiylikdan farqli holda u zodagon erlik ayollarning o’ziga hos ajratuvchi belgi ham emas. Hijobning Islomdagi manosi faqatgina ayolni uning shaniga bo’ladigan tajovvuzdan saqlashdir. Ammo taqdirning g’aroyib o’yiniga ko’ra ro’mol yoki boshni o’rovchi kiyim, agar uni katolik monah ayol o’rasa avliyolik ramzi, Yaratganning "qiyofasi" va shani sifatida erkakning ayol ustidan hukmronligi belgisi sifatida qaraladi-yu, huddi shu narsani musulmon ayol himoya maksadida o’rasa, kamsitishlilik va jabr zulmning zohir bo’lishi deb qaraladi.

www.Hidoyat.net



back 1 next