Yana bir bor hijob haqida



...Hristianlikdan farqli holda Islomda hijob erkakning ayol ustidan hukmronlik belgisi emas; Yahudiylikdan farqli holda u zodagon erlik ayollarning o’ziga hos ajratuvchi belgi ham emas. Hijobning Islomdagi manosi faqatgina ayolni uning shaniga bo’ladigan tajovvuzdan saqlashdir. Ammo taqdirning g’aroyib o’yiniga ko’ra ro’mol yoki boshni o’rovchi kiyim, agar uni katolik monah ayol o’rasa avliyolik ramzi, Yaratganning "qiyofasi" va shani sifatida erkakning ayol ustidan hukmronligi belgisi sifatida qaraladi-yu, huddi shu narsani musulmon ayol himoya maksadida o’rasa, kamsitishlilik va jabr zulmning zohir bo’lishi deb qaraladi...

G’arbliklar nuqtai nazarida ayollarga jabr-zulum va ularni kamsitishning eng yorqin timsoli bo’lmish hijob yoki yopinchiq masalasiga oydinlik kiritish lozim. Yahudiy-hristianlik ananasida ham ayollarning boshini o’rash hodisasi bo’lganmi?

Bibliya adabiyoti bo’yicha professor ravvin Menahaem Braer o’zining «Yahudiy ayoli ravvinlik adabiyotida» nomli kitobida ko’rsatadiki, yahudiylarda ayollar jamoat joylarida unday-bunday holda emas, balki aynan boshlarini o’ragan holda, bazan esa hatto ko’zdan boshqa hamma joyini bekitgan holda ko’rinishi rusum bulgan. Muallif qadimiy ustozlardan birining so’zini keltiradi: «Isroil qizlariga boshlari ochiq holda chiqish yaramaydi».

«O’z hotiniga sochlarini ko’rsatishga ruhsat bergan erkakka lanat bo’lsin - o’z sochlarini ziynat uchun ko’z-ko’z qiluvchi ayol bahtsizlik keltiradi".

Ravvinlik huquqi boshi ochiq holda bo’lgan turmush qurgan ayollar ishtirokida Xudoga hamdu sano aytish yoki ibodat qilishni taqiqlaydi, chunki boshi ochiq ayol "yalang’och" hisoblanadi. Shu bilan birga boshini o’rab yurish hamisha ham kamtarlik alomati hisoblanmasdi. Bazan ro’mol o’rash ko’proq ayolning oliy nasabini, uning egalik ekanligini, unga yondoshish mumkin emasligini, uning erining taqvodor ekanligini ko’rsatgan. Past tabaqali ayollar ko’pincha yuqori ijtimoiy mavqega egadek bo’lib ko’rinish uchun ham ro’mol o’raganlar.

Evropada yahudiy ayollar HIX asrgacha, yani ularning hayoti dunyoviy madaniyat bilan bog’lanib qolgan davrgacha, boshlarini o’rab yurishni davom etkizganlar. Undan keyin esa bazi yahudiy ayollari boshni o’rovchi o’ziga hos vosita sifatida parik kiya boshladilar. Bugun esa ularning eng Xudojo’ylari ham boshlarini o’ramaydilar, ammo bazi ayollar, masalan, hasidlarning vakillari haligacha parik kiyishni davom ettiradilar.

Hristianlikka keladigan bo’lsak, katolik monah ayollari asr-asrlardan buayon boshlarini yopib keladilar. Ammo masala faqat shu bilan tugamaydi.

Ayollarning boshlarini o’rashlari haqida "avliyo" Pavelning Injildagi aytganlari juda ham qiziq: "Shuningdek men har qanday erkakka boshliq - Maseh, hotinga boshliq - er, Masehga boshliq - Xudo ekanligini bilishlaringizni istayman. Boshi yopilgan holda ibodat yoki bashorat qiluvchi er kishi o’z boshini malomatga qoldiradi, shuningdek boshi ochiq holda ibodat yoki bashorat qiluvchi ayol ham boshini malomatga qoldiradi, chunki bunday qilish u (ayol)ning boshi qirib tashlanishi bilan bir hil; agar ayol boshini o’rashni istamasa uni qirib tashlasin; agar ayol sochi qirqilishidan yoki qirib tashlanishidan uyaladigan bo’lsa, unda boshini o’rasin. Shunday qilib erkak boshini o’rashi kerak emas, u Xudoning qiyofasi va sharafidir; hotin bo’lsa erning sharafidir. Chunki erkak ayoldan emas, balki ayol erkakdan bunyod bo’lgan, er hotin uchun emas, balki hotin er uchun yaratilgan. Shuning uchun ham ayol o’z boshida uning ustidan farishtalar uchun hukmronlik belgisiga ega bo’lishi lozim". (1 Korinfliklarga 11: 3-10).

Shunday qilib, muqaddas Pavel ayollarga Xudoning qiyofasi va sharafi bo’lgan erkaklarning ular ustidan hukmronligi belgisi sifatida boshlarini o’rab yurishlarini buyuradi. Katolik cherkovining diniy aqidalari ham ayollarga cherkovda boshlarini o’rab yurishni buyuradi. Yuqorida aytilganlardan kelib chiqadiki, ayollarning boshlarini o’rab yurish "udumi" Islom tomonidan kashf etilmagan. Ammo bu urf Islom tomonidan qullab-quvvatlangan. Quron imonli ayollar kamtarlik va iffatlilik ko’rsatgan holda boshini, ko’kragini va bo’ynini yopib yurishlarini talim beradi: "(Ey Muhammad,) mo’minlarga ayting, ko’zlarini (nomahram ayollardan) quyi tutsinlar va avratlarini (zinodan) saqlasinlar- Mo’minalarga ham ayting, ko’zlarini (nomahram erkaklardan) quyi tutsinlar. Va avratlarini (zinodan) saqlasinlar! Hamda ko’rinib turadigani (yani yuz, kaftlar va oyoqlarning to’piqdan past qismi) dan boshqa ziynatlarini ko’rsatmasinlar va ro’mollarini ko’kraklari uzra tushurib olsinlar-" (Quron 24:30-31).

Avratlar nega bunchalik muhim? Quron buni quyidagicha izohlaydi:



1