Uch hakimdan uch o’gitAlloma Hasanzoda-Omuliy “Usulul Kofiyâ€dan Ibn Vahabdan hikoya qilib aytadi: Imom Sodiq (a.s) bunday deb marhamat qilgan edi: Brinchi o’git Qachonki banda chin dildan tavba qilganda Xudovand uni yaxshi ko’radi, dunyo va oxiratda uning gunohlarini yashiradi. Imomdan so’rashdi: Qanday qilib gunohlarini yashiradi?-deb so’rashdi. Shunda imom bunday deb berdilar: Nomai amol yozuvchi farishtalarning esidan chiqartiradi, a’zoi badabiga gunohlarni oshkor qilmasliklarini vahiy qiladi, yerga esa (gunoh sodir qilingan makonga) bandamning o’zing ko’rgan gunohlaringni inkor qilgin deb amr qiladi. Shunday qilib gunoh qilib, keyin chin dildan tavba qilgan banda Robbisining huzuriga (gunohlarini ko’rgan bironta guvohlarsiz) begunoh pok holda hozir bo’ladi. Ikkinchi o’git Ba’zi odamlarga falonchiga yaqin yurma, senga ham uning kasri uradi, deyilsa, o’zim bilaman ehtiyotimni qilib yuraman-deb javob qaytarishadi. Vaholanki, o’zlari istamasalarda tabiatlari usha odamni yoqtirib qoladi, ana undan keyin qanchalik qarshilik ko’rsatmasinlar, o’zlari ham ushanday odamga aylanib qoladilar. Marhum oyatulloh Shohobodiy aytishicha, inson tabiati nimaga yaqin bo’lsa, ushaning tabiatini o’ziga jazb qilib olar emish. Shuning uchun yomon xislatga ega odam bilan yaqin yurgan odamda usha xislat paydo bo’la boshlaydi. Shuning uchun ham xalqimizda “Qozonga yaqin yursang qorasi yuqadi†deb bejiz aytishmaydi. Inson o’zi istasa ham istamasa ham yonida yurgan odamning xislatini tortib olish xususiyati bor ekan, kim bilan yaqin oaloqada yurganligiga ahamiyat berishi zarurdir. Uchinchi o’git Marhum hoj G’ulomrizo Yazdiy kunlarning birida odamlarga ma’ruza o’qish uchun minbarga chiqdi. U odamlarga ibrat bo;lishiuchun bir voqeani gapirib berdi. Bir kuni o’zining yengiltakligi bilan odamlar orasida obrusini yo’qotgan bir kishi menga shirguruch keltirdi, lekin men uni yemadim. O’zining bachkanaliginioldini ololmagan odam qornimning ochligini oldini ololadimi? Ha, azizlar, sizlar ham to o’zlaringizni isloh qiolmaguningizxha hech qachon qo’l ostidagilaringizni ham tarbiyalay olmaysiz. Oila boshlig’I bo’lmish erkak to o’zi to’gri yo’lda bo’lmasa, ahl ayolini ham to’gri yo’lga boshlay olmaydi. Farzand tarbiyasi zimmasida bo’lgan ota-ona o’zi tarbiyali bo’lishligi lozim. Shuning uchun Qur’oni Karimda bunday deyiladi: قوا انÙسكم Ùˆ اهليكم
|