OXIRATGA TAYYORGARLIK



3-    Mol-davlat haqida, qaysi yo’l bilan topilgani va nimalarga sarflangani haqida;

4-    Mening ahli baytyimga nisbatan bo’lgan muhabbat haqida so’raladi.

Yuqorida aytilganlar savol-javob haqida edi. Endi hisobga keladigan bo’lsak,

birinchi hisob namoz haqida bo’ladi. Agar banda bu hisobi, ya’ni namozlari qabul bo’lgan bo’lsa, boshqa hamma hisoblar ham qabul bo’ladi, mabodo namoz hisobidan o’ta olmaydigan bo’lsa, u holda hech bir amali qabul bo’lmaydi.

Namoz qabul bo’lishi-

hamma amallarning qabul bo’lishi demakdir.

Ikkinchi hisob qarz haqidadir. Shayx Saduq “Man la yahzuruhul faqih” hadislar kitobida keltirilishicha, payg’ambarimiz (saov) qarzni o’tamaslik gunohi haqida gapirib jumladan shunday deb marhamat qildilar; Qiyomat kunida qarzi to’lanmagan odam qarzdor ustidan shikoyat qilib keladi. Shunda qarzdor odamning qancha savobi bo’lsa, haqini ololmagan insonga beriladi. Agar qarzdor odamning savobi yo’q  bo’ladigan bo’lsa, u holda qarz berib pulini ololmagan odamning gunohlari qarzini bermagan odamga o’tkaziladi.

Shirk keltirish gunohining hisobi og’irdir.  Shayx Kulayniy “Kofiy” da imom Zaynul-Obidindan naql qiladi: Shirk keltiruvchilar to’da-to’daqilib Jahannam qa’risiga uloqtiriladilar.

Boylarning og’ir hisoblari Shayx Saduq “Man la yahzuruhul faqih” hadislar kitobida keltirilishicha, imom Sodiq (a.s) bunday deb aytgan edi: Qiyomat kunida Jannatga kiruvchilardan ikki kishi  hisob-kitob uchun yo’ldan to’xtatilib qolinadi. Ulardan biri- faqir, ikkinchisi esa- boy bo’lib yashagan odamlardir. Faqir bunday deb Allohga yolvoradi:

-         Xudoyo,  nima uchun meni Jannat yo’lidan to’xtatib qo’yding? Sening Izzatingga qasam ichib aytamanki, menga hukumat qilishni topshirib qo’ymagan edingku, adolatsizlik va zulm qilgan bo’lsam, ko’p molu-davlat bermagan edingki, Sening haqqingni unda ado etmagan bo’lsam, bergan rizqing amallab kun kechirishimga yetar edi xolos, O’zing buni yaxshi bilguchisan!

-         Bandam rost aytyapti, bu mo’min bandamni jannatga kirishiga yo’l beringlar - degan ovoz  eshitiladi.

Keyin badavlat bo’lib yashagan mo’minni hisob uchun keltirishadi. U shunchalik u yerda qolib ketadiki, yuzidan quyilgan terlar qirq tuyani sug’orishga yetgulik miqdorda bo’ladi. Nihoyat uni (mo’min banda bo’lgani uchun) Jannatga kirgizishadi. Jannatga kirganida uni ko’rgan faqir “Namuncha qolib ketding?”- deb so’raydi. U esa:

-         Hisobim cho’zilib ketdi - deydi. Alloh Taolo bergan har bir ne’matini hisobini mendan so’radi, yengillik qilgan joylarimni o’z marhamati bilan kechirib, keyingi ne’matining hisobiga o’tdi. Shu tarzda menga berilgan barcha ne’matlarning hisob-kitobini qilib oxiri mana rahmatiga noil qildi-deb javob beradi. Keyin esa hayron bo’lib-Sen o’zing kimsan? - deb so’raydi, shunda faqir odam “Sen bilan birga hisob uchun to’xtatilgan faqir bo’lib yashagan bandaman, deydi. Haligi odam esa “Seni also tanimabman” deydi (Chunki anchadan beri Jannatda bo’lib shaklu-shamoyili ham go’zallashib qolgan bo’ladi ).

Gunohlar sonining hisobi Bir kuni hazrat rasululloh (saov) sahobalari bilan hech bir giyoh unmaydigan taqir yerda to’xtadilar va sahobalarga qarab “Boringlar o’tin yig’ib kelinglar” dedilar. Sahobalar:

-         Ya Rasululloh, axir hech narsa o’smaydigan taqir biyobondan qanday qilib o’tin yig’amiz?-deyishdi. Hazrat

-         Mayli kim qancha yig’a olsa yig’ib kelsin, yaxshilab qidirsangizlar yoqishga yaroqlik biron narsa topib kelasizlar-dedilar.

Ko’p o’tmay talaygina has-cho’p va o’tinlar yig’ilib qoldi. Shunda rasululloh (saov) bunday deb marhamat qildilar:

-         Qaranglar, bironta o’tin topa olmaymiz degan yerdan shuncha o’tin to’plab qo’ydingiz. Qiyomatda ham odam hech bir gunohi yo’q deb o’ylaganida agar hisob kitob qilinsa bir dunyo gunoh topish mumkin. Shuning uchun Allohning adolati va hisob-kitobidan qo’rqmoq va rahmatidan umidvor bo’lmoq lozimdir.



back 1 2