OXIRATGA TAYYORGARLIK



O’limdan keyingi keladigan hisob bekati

O’limdan keyin odam uchun eng qiyin bekatlardan biri- bu hisob-kitob bekatidir. Alloh Taolo bu haqda Qur’oni karimda bunday deydi:

اقْتَرَبَ لِلنَّاسِ حِسَابُهُمْ وَهُمْ فِی غَفْلَةٍ مَّعْرِضُونَ

Odamlarga hisobotlari (qiyomat kuni) yaqinlashib qoldi. Ular hanuz g'aflatda, (imon va amaldan) yuz o'giruvchidirlar. (Anbiyo, 1-oyat)

وَكَأَیِّن مِّن قَرْیَةٍ عَتَتْ عَنْ أَمْرِ رَبِّهَا وَرُسُلِهِ فَحَاسَبْنَاهَا حِسَابًا شَدِیدًا وَعَذَّبْنَاهَا عَذَابًا نُّكْرًا 

Qanchadan-qancha qishloq (shahar)lar borki, o'z Parvardigorlari va Uning payg'ambarlari amridan bosh tortgandirlar, bas, Biz ularni qattiq hisob-kitob qilganmiz va xunuk azob bilan azoblaganmiz. (Taloq surasi, 8-oyat)

Endi oxirat olami haqida kelgan ba’zi hadislarni keltirmoqchimiz. Shayx Saduq payg’ambarimiz (saov)dan naql qiladi:

Qiyomat kunida to’rt narsa haqida so’ralmaguncha biron qadam bosilmaydi. Shunda sahobalar bu to’rt savol nima haqidadir?-deb so’rashdi. Hazrat bunday deb javob berdilar:

1-    Umr haqida, ya’ni umringni nima ishlarga sarflading/-deyiladi

2-    Yoshlik haqida, ya’ni yoshligingni nima bilan o’tkazgansan?-deyiladi;



1 2 next