SHARIAT AHKOMLARI BILAN TANISHUV4- makruh; 5- muboh. Vojib deb shunday amallarga aytiladiki, bajarilishi shartdir, mabodo agar tark qilinsa, oxirat azobiga duchor bo`ladi. Masalan, namoz o`qish, zakot berish va boshqalar. Harom deb shunday amallarga aytiladiki, bu amallarni tark qilish lozimdir. Kimiki bunday amallarni tark etmasa oxirat azobiga duchor bo`ladi. Masalan mast qiluvchi ichimliklar ichish, o`g`rilik, qimor va boshqalar. Mustahab shunday amallarki, ularni bajarish savobdir, tark qilish esa oxirat azobiga sabab bo`lmaydi. Masalan, nafl (sunnat) namozlarini o`qish, namozdan keyingi zikru-duolarni o`qish va boshqalar. Makruh – bu shunday amallarki, ularni tark qilish afzal bo`lib, savobdir, ammo ularni bajarish oxirat azobiga sabab bo`lmaydi. Masalan, qaynoq ovqat yeyish, luqmani katta-katta qilib yutish va boshqalar. Muboh bunday amallar uchun na savob bor va na gunoh. Masalan, gaplashish, ovqatlanish, yurish ...Shuni aytib o`tish kerakki, muboh amallar sharoitga qarab boshqa xil amallarga aylanishi mumkin. Taqlid deb shar`iy ahkomlarda biron bir mujtahidning fatvo va istinbotlariga amal qilishga aytiladi. Har bir mukallafga , agar ijtihod darajasiga yetmagan bo`lsa va yo ehtiyotga amal qilishni bilmasa, taqlid qilish vojibdir. Mujtahid deb shunday oolimga aytiladiki, u shar`iy manbalardan hukm chiqara oladi. Shar`iy manbalarga quyidagilar kiradi:
|