Hijob tajovuzga qarshi!Bugungi dunyo yangidan-yangi tashvishlar va muammolarni keltirib chiqarmoqda. Ammo shunday muammolar ham borki, insoniyat paydo bo’lgandan buyon ayollar bu muammolarda har doim duch keladilar. Bu – taqib va tajovuzdir. Bazi davrlarni istisno qilganda, ayollarga nisbatan tajovuz jamiyatda dolzarb muammoga aylanmagan payt bo’lmagan bo’lsa kerak. Xo’sh, bugungi kunimizda bu haqda nima deyish mumkin? Qayg’uli statistik malumotlarga ko’ra, AQShda ayollarning tahminan 22 foizi jinsiy taqibga uchragan va zo’rlangan. Ularning 39 foizi esa - hayotida ikki va undan ko’p marta! Ularning yarmidan ko’pi – 11 dan 24 yoshgacha bo’lgan hotin-qizlarligini hisobga olsak, demak, «jinsiy jinoyatlar – yoshlarning fojiasi»dir! 75-80 foiz hollarda zo’rlovchi ham, zo’rlangan ham bir-biriga tanish bo’lgan – ular hamkasblar, qarindoshlar yoki do’stlar (!) bo’lishgan. Vaholanki, bu mamlakatda ayollarning haq-huquqlari, ularning huquqiy jihatdan dahlsizligi kabi, juda yaxshi himoya qilinadi. Rossiyadagi statistika yuqoridagidan deyarli farq qilmaydi: ayollarning deyarli to’rtdan biri (ular asosan yoshlardan iborat) jinsiy tajovuzga uchragan. Ammo, Rossiyada bunday muammolar bilan huquqni himoyalash organlariga murojaat qilish (ayniqsa bunday nozik masalada) va o’z manfaatlarini sudda himoya qilish urf bo’lmaganligi tufayli, rasmiy statistika malumotlariga ko’ra ahvol qoniqarli. Ayni paytda, musulmon dunyosidagi huddi shu muammo bilan bog’liq vaziyatga nazar tashlasak, bu erda u qadar keskinlik yo’q. O’z dinining tartib-qoidalariga rioya qiluvchi muslima hatto AQSh kabi «erkin ahloq»li mamlakatda ham mutlaqo tajovuzga uchramaydi. Muslima o’zining tashqi ko’rinishi va hatti-harakati bilanoq har qanday tajovuzni barataraf qiladi. Mastura qiz o’zining oliy adolatga bo’lgan iymon bilan himoyalanganligini namoyish etadi, «Hamkasblarning shilqimliklaridan o’z-o’zini himoya qilish» deb nomlangan kitobchaga yoki bahtli tasodifga umid qilmaydi. Xo’sh, Alloh taolo ayollarni ahloq buzilgan, sharm-hayo, ibo pardasi ko’tarilgan, oila va nikoh degan narsaning o’zi yo’qolib borayotgan bazi jamiyatlarda qanday qilib, nimaning vositasi ila himoya qiladi? Albatta, hijob bilan! Faqat kiyim-bosh manosida emas, balki fel-atvor, yurish-turish, turmush tarzidagi hijob bilan. Hijobdagi ayol – Islomning ramzidir; ayolning chin egasi Alloh Taolo ekanligini bildirib turuvchi belgidir; ayolning ojiza emas, har qanday tahqirlarga nishon bo’lgan mavzXudot emas, balki erkinligi, qadr-qimmati, or-nomusi, hurmat-etibori har qanday erkaknikidan kam bo’lmagan chin inson ekanligining hujjatidir. KO’CHADAMastura qiz shovqin-suronli, tili, madaniyati rang-barang bo’lgan baynalmilal olomon orasida yurib bormoqda… Eng avvalo takidlash lozim bo’lgan jihat shuki, hijobli ayol kamdan-kam hollarda kamdan-kam hollarda yolg’iz yuradi. Ko’pincha uning yonida dugonalari, qarindoshlari yoki bolalari bo’ladi. Bu ham hijobning shartlaridan biridir. Yolg’iz ayolni hafa qilish hammaning qo’lidan keladi, qizlar bir nechta bo’lib ketayotganda esa ularning yoniga surbetlik bilan, dadillik bilan yaqinlashishga ham hammaning yuragi dov beravermaydi. Hijobli ayolning ustida didsizlik bilan ilib olingan, badanni yashirish o’rniga ko’proq uni yana ham ochib turadigan, erkaklarning hayolini o’g’irlaydigan narsasi ham qolmagan «topik», «mini» yoki «super-mini» yubkalar bo’lmaydi. Uning nurli yuzida hindularning jangovar bo’yanishi kabi bir necha kilogrammlik dekorativ kosmetikani ham ko’rmaysiz.
|