Hijob tajovuzga qarshi!



Muslima ayol ibo bilan, ko’zlarini erga qadab, atrofga alanglamay, navbatdagi o’ljani - eng zamonaviy, qimmatbaho kiyimlar kiygan, «Mersedes»ning eng zo’rini mingan, bo’yniga tilla zanjirlar osib olgan «ov»ni qidirmay, asta qadam qo’yib boradi.

U biron ish bilan ketyapti: do’konga, darsga yoki bolalari bilan sayr qilishga. U o’zining ishlari bilan mashg’ul, uning atrofdagilar bilan, ayniqsa boshqa zamondoshlari kabi ko’proq pul undirish, shartli ravishda «er» deb ataluvchi «ko’chmas mulk»ka aylantirib olish mumkin bo’lgan erkaklar bilan ishi yo’q.

Albatta, uning oyoq-qo’li kishanlab qo’yilmagan, tili sug’urib olinmagan - kerak bo’lib qolsa, adashgan kishiga yo’l ko’rsatib yuboradi, yuzida mayin tabassum bilan qari kampirni yo’ldan o’tkazib qo’yadi, yiqilib tushgan bolakayni turg’azib qo’yadi, biroq uning etiborini Islom doirasidan chetga chiqadigan biror narsaga chalg’itishga salgina urinish sezsa, shu zahoti u erdan nari ketadi. Biror erkak kishi chegaradan chiqadigan darajada uni gapga tortishga urinsa, shu zahoti o’rtada ko’rinmas devor paydo bo’ladi. Aynan shuning uchun muslima ayol har qanday, hatto eng ahloqsiz shaharning ko’chasida ham himoyalangan bo’ladi.

ISHXONADA

Avvalo, aytib o’tish kerakki, muslima ayol ishlab, oila boqishga majbur emas. Muslima ayol xohlasa, ishlashga haqqi bor, holos. Biroq, buning uchun uning bo’sh vaqti va ota-onasi yoki erining ruhsati bo’lishi lozim.

Muslima ayol oilasini, ota-onasini (erini-ku aytib o’tirmasa ham bo’ladi) taminlash uchun ishlashga mutlaqo majbur  emas. Ayol ishlab topgan pullar faqat va faqat uning o’ziga tegishli bo’ladi, biroq u topgan pulini oilasiga, ro’zg’orga ishlatsa – sadaqa hukmiga o’tadi.

Biroq, muslima ayol hatto o’lim xavfi ostida ham shug’ullanishi mumkin bo’lmagan ishlar, kasblar bor: bu - strip-klublar, intim-magazin, eskort-hamrohlik va shunga o’hshash kabilardir. Ularning nomidanoq yollovchiga «qo’shimcha» hizmatlar ko’rsatish kerakli ko’rinib turibdi. Tabiiyki, bunday ishlar muslimalarga to’g’ri kelmaydi.

Boshqa bazi kasblar ham muslimalarga yuqoridagi sabablarga ko’ra mumkin emas (ularda «qo’shimcha» hizmatlar haqida alohida aytilmagan bo’lsa ham) – tungi kafe va klublarda ofitsiantlik, kotibalik (ishga olishdagi talablar qahva damlab berishdan boshlanadi) va hokazo. Bunday ishlar faqat muslimalar uchun emas, har qanday ayol uchun ham haqoratlidir, biroq ko’pchilik bunday ishlarga yo chorasizlikdan, yo engil pul topish maqsadida rozi bo’ladilar.

Yana bazi bir kasblar ham ayollarning ayollik tabiatiga mutlaqo to’g’ri kelmaydi. Traktorchi ayollar, temir yo’l shpallarini yotqizuvchi hotinlar faqat kommunizm davridagina «ulug’landi»... Ayollarning nozik qo’llari shahtalarda, qurilishlarda, domna pechlarida, qaynoq tsehlarda qavardi… Bu ishlarning onalik tabiatiga, ayolning jismoniy va ruhiy fitratiga to’g’ri kelmasligini aytib o’tirishning ham keragi yo’q. Qanchadan-qancha ayollar bunday og’ir mehnat oqibatida sog’lig’idan ajrab, nogiron bo’ldilar, hatto onalik bahtidan mahrum bo’ldilar.

Muslima ayol ishlasa, hamshira, doya, hullas, shifokor yoki muallima, jurnalist, dizayner bo’lib ishlashi mumkindir. Muslima ayol tadbirkor ham bo’lishi – masalan, o’z biznesini yurgazishi yoki turmush o’rtog’ining biznesiga sheriklik qilishi mumkin. Ayol kishi Islom doirasidan chiqmagan holda o’zining iqtidori, salohiyatini ro’yobga chiqara oladigan kasblar juda ko’p. Albatta, ayol kishi faqat ayollar orasida emas, balki aralash mehnat jamoasida ham ishlashi mumkin. Biroq, bunday sharoitda ham hijobli ayol beparda hazillar, shilqimlik, noo’rin gap-so’zlarga yo’l qo’ymadi.

Uning libosi har qanday muassasaning kiyinish tartib-qoidalariga ham, Islom qonunlariga ham mos keladi. Muslima ochiq chehrali bo’ladi, biroq bu noz-karashma emas. Hijobli ayol hizmat pillapoyalaridan muvaffaqiyat bilan ko’tarilib boradi, biroq bu uning qaddi-qomati yoki chiroyli labbo’yoqlari uchun emas, balki o’z iqtidori va qobiliyati va albatta, Allohning yordamiga bo’lgan mustahkam ishonchi, iymoni tufayli bo’ladi.

Bundaylar haqida «U ortiqcha ko’zga tashlanmaydi, lekin bebaho hodima», deyishadi. Yani u atrofdagilarni o’ziga qaratadigan darajada ko’zga tashlanib turmaydi, biroq ishxonada uning o’rnini hech kim bosa olmaydi. U huddi havoga o’hshaydi: o’zi odatda sezilmaydi, lekin uningsiz bir necha daqiqadan ortiq yashab bo’lmaydi.

DAM OLISHDA

Muslima, mastura ayollarning dam olishi haqida so’z ketsa, ko’pchilik hayron qolib, taajjublanadi. Chunki «ayol kishi faqat uyni eplab o’tirish, bola tug’ib, erini va bolalarini boqish uchungina yaratilgan» degan fikrda yuradiganlar ko’plab topiladi.

Ammo bunday emas. Hozirgi kunda muslimalarni hamma joyda – istirohat bog’larida, yugurish yo’lakchalarida yugurayotgan, chang’i, kon'ki va skeyt uchayotgan holda uchratish mumkin. Islomiy oilalar birgalikda tabiat qo’yniga dam olishga, chet ellarga sayohatga chiqmoqdalar. Muslima ayollar bolalari bilan istirohat bog’lariga boradilar, bolalarga mo’ljallagan ko’ngilochar attraktsionlarga tushadilar.

Biroq – muslimalarni diskotekalarda, tungi klublarda ko’rmaysiz – bu narsalarning ularga keragi ham, qizig’i ham yo’q. U erlardagi turmush tarzini nafaqat muslimalar, balki har qanday sog’lom fikrli odamning ham dam olish deyishga tili bormaydi. To’g’rirog’i, buni organizmni ortiqcha zo’riqtirish desak to’g’riroq bo’lar…

Tana va ruh haqiqatdan ham hordiq chiqaradigan dam olish yoki sport turlarida esa hijobdagi muslima ayol tashqi tajovuzlardan himoyalangan bo’ladi. Bunda muslimalar avrat yopishning shariy chegaralaridan chiqmaydigan bichimdagi, dam olishga yoki sport bilan shug’ullanishga halaqit bermaydigan hijoblarni kiyib oladilar. Albatta, uzun, bir necha qavtli yubka yoki ko’ylakda gulhan uchun shoh-shabba yig’ish, kon'kida uchish qiyin, shuning uchun bu paytda keng qilib tikilgan shimlar va uzun tikilgan tunikalar qo’l keladi.

Darhaqiqat, hijobga to’siq yo’qdir, hijob zarurdir, chunki bu farzdir. Ammo bu muborak farzni ayolning qaysi bir qilmishlari uchun «jazo» deb qabul qilmaslik kerak. Hijob muslima ayolning turmush tarzigina emas, balki u o’z bekasini turli tahdid va muammolardan, shu jumladan tajovuzlardan ham himoya qilib turadi.



back 1 2