O’ng qo’l berganini chap qo’l bilmasin!Birovlar seni maqtashlari uchun odamlar ko’z o’ngida infoq qilmagin, chunki odamlar seni maqtashlari bilan o’z ajringni olib bo’lasan va oxiratga hech narsa qolmaydi. Shuning uchun chap qo’ling bilan bergan ehsoningni o’ng qo’ling bilmay qolsin. Odamlar sen qilgan ehsoningdan bexabar qolsalar, dunyoing uchun hech qanday zarari yo’qdir, ammo oxiratda esa butun xaloyiq ko’z o’ngida o’z ajru-savobingni olasan. Lekin “infoq qiladigan bo’lsam, odamlar oldida riyo bo’lib qoladi, undan ko’ra umuman ehson qilmaganim yaxshiroqdir†deyish ham yaramaydi. Qiladigan ehsoningizni odamlar bilmasligi iloji bo’lmasa ham niyatingizni xolis Alloh uchun qiling va maqtovlarga aldanib qolmang. Alloh Taolo hammamizni muxllisona ehson qiladigan bandalaridan qilsin! Omin, yo Robbil olamin!
|