O’ng qo’l berganini chap qo’l bilmasin!



Infoq va ehson qilish juda katta savobga ega bo’lgan ibodatlardan bo’lishiga qaramay, uning nozik tomonlari ham bordirki, ularni siz azizlarga eslatib o’tishlikni lozim deb topdik.

Savoblar keltiruvchi bu amal juda osonlik bilan gunohga aylanib ketish xususiyatiga egadir. Masalan, agar siz qilayotgan ehsoningiz riyoga aylanib qolsa, savob olish u yoqda tursin og’ir gunohga botib qolishingiz mumkin. Chunki riyo qilish Allohga shirk keltirish (!) bilan barobar gunohi kabiralardandir. Shuni ham unutmaslik kerakki, izzat-nafsi yuqori obrusini yo’qotishni istamaydigan

 

 odam uchun birovlar ko’zi o’ngida (riyo uchun emas, Alloh yo’lida bo’lsa ham)infoq qilish yuziga tarsaki tortgan bilan barobar og’ir ishdir.  Shuning uchun ehson qilmoqchi bo’lsangiz shu aytilganlarga ham e’tibor bering. Savobi eng ulug’ ehson esa- bu ehsonni olgan odam uning kim tomonidan ekanligini bilolmay qolishidir. Agar siz shunday ehson qilolsangiz edi, sizga yetar odam yo’q.  Bilinglarki, nafaqat husni fe’l balki husni niyat ham bo’lmoqligi lozimdir. Qur’oni Karimda ehson qilish haqida bunday deyiladi:

«مَّثَلُ الَّذِینَ یُنفِقُونَ أَمْوَالَهُمْ فِی سَبِیلِ اللّهِ كَمَثَلِ حَبَّةٍ أَنبَتَتْ سَبْعَ سَنَابِلَ فِی كُلِّ سُنبُلَةٍ مِّئَةُ حَبَّةٍ وَاللّهُ یُضَاعِفُ لِمَن یَشَاء وَاللّهُ وَاسِعٌ عَلِیمٌ»(بقره: 261)

Alloh yo'lida mollarini ehson qiluvchilar (savobining) misoli go'yo bir donga o'xshaydiki, u har bir boshog'ida yuztadan doni bo'lgan yettita boshoqni undirib chiqaradi. Alloh xohlagan kishilarga yanada ko'paytirib (savob) beradi. Alloh (karami) keng va bilimdondir.

Qilingan ehsonning savobini yuvuvchi omillardan yana biri- bu minnat qilishdir.  Birovga yaxshilik qilgan bo’lsangiz, garchi u qilgan yaxshiligingiz qadriga yetmagan bo’lsa-da, hech vaqt qilgan yaxshiligingizni minnat qilish bilan ro’kach qilmang. Chunki shunday qilsangiz barcha savoblardan mahrum bo’lib qolasiz. Bu haqda Qur’oni karimda bunday deyiladi:

«لاَ تُبْطِلُواْ صَدَقَاتِكُم بِالْمَنِّ وَالأذَى» (بقره: 264)

Ey, imon keltirganlar, molini odamlar ko'rsin uchun beradigan, Allohga va oxirat kuniga ishonmaydigan kimsaga o'xshab, (bergan) sadaqalaringizni minnat va ozor bilan yo'qqa chiqarmang! U (riyokor), ustini tuproq qoplagan silliq qoyaga o'xshaydi; ustiga jala yoqqanda, (tuproq yuvilib,) sip-silliq toshning o'zini qoldiradi. Ular topgan (va sarflagan) boyliklaridan hech narsaga ega bo'la olmaydilar. Alloh kofirlar qavmini hidoyat etmaydi.

Imom Sodiq (a.s) Abdulloh ibn Jundubga ehson qilish haqida gapirayotib, jumladan bunday dedilar:



1