FAQAT ERKAKLAR UCHUN! (2-QISM)



MARDLARCHA YASHA, BIRODAR!

Oldingi suhbatimizda erkaklarning oiladagi nufuzlarining tushib ketganlining sabablari haqida suhbatlashgan edik. Bu galgi suhbatimizda yuzaga kelgan mushkilotni hal qilishning bir necha yo’llariga ishora qilmoqchimiz. Marhamat mutolaa qiling, aziz erkaklar:

1.  Bemaza hazil-mutoyiba qilishdan saqlaninglar. Shun narsani unutmangki, sizning bemahal va bemaza hazillaringizga atrofingizdagilar faqat sizning hurmatingiz tabassum bilan javob berishlari mumkin (aslida esa hech ham kulgili emas edi), shuning uchun bechora ayolingiz xijolatga qolib ketadi. Uning ustiga bemaza xotiralaringiz yoki aytgan latifalaringiz sizning erkaklik viqoringizni ancha rangsizlantirib qo’yadi. Ko’p hazillashishlik insonni yengiltabiat qilib qo’yadi, shuning uchun keragida oz-ozdan hazilashib turing. Albatta jiddiy va og’ir bo’ling deganimiz qovog’ingizdan qor tilingizdan zahar tomib tursin degani emasdir. Balki har narsaning, jumladan hazil- mutoyibaning ham me’yorida bo’lgani yaxshi demoqchimiz.

2.  Ayolingiz bilan adab bilan suhbat qiling. Ba’zilar shunday xato fikrga boradilarki, go’yo beadablarcha gapirishlik samimiyatni yuzaga keltirar emish. Lekin yodingizda bo’lsin, ayolingiz bilan beadablarcha gaplashishingiz unga sizga nisbatan ham xuddi shunday muomalada bo’lishligiga sabab bo’ladi. Chunki siz o’z raftoringiz bilan go’yoki unga shunday ruxsatni bergan bo’lasiz. Shuning uchun aytishadi-da “Har kimning hurmati uning o’z qo’lidadir”deb. Hazrat Ali (a.s) aytgan edi: Sening qiymating boshqalarga ko’rsatgan odobing bilan o’lchanadi. Odobing oshgani sari qadru-qiymating ham oshib boradi.

Aytganlarimiz oilaviy janjal masalasiga ham taaluqlidir. Agar siz ayolingizga qilgan aybi uchun baqiradigan bo’lsangiz, u ham sizga baqirib javob qaytaradigan bo’ladi. Shuning uchun agar ayolingiz biror xatoga yo’l qo’ygan bo’lsa, unga bir oz qovog’ingizni uying, teskari qarang , u bilan gaplashmang, lekin zinhor bazinhor so’kmang va baqir-chaqir qilmang. Qachonki u o’zining xatosini tushunib u ishdan qo’lini tortganidan keyin siz qilgan xatosini tezda unutib avvalgidek samimiy bo’ling. Also qilgan xatosini yuziga solmang. U haqda also suhbatlashmang.

3.  Hatto agar haqligingizni bilsangiz hamayolingiz bilan ko’p tortishmang. Unutmangki ayol zoti ba’zida erkaklarning diqqatini o’ziga jalb etish uchun yoki siz ustingizdan o’zingizga shikoyat qiladi va yoki o’zining “ayanchl”ahvolidan shikoyat qiladi. Shuning uchun uning gaplariga diqqat bilan quloq osing va yuzingizda unga e’tibor berayotganligingizni izhor qiling. Buning uchun yoki tabassum qilishingiz va yoki jiddiy qiyofaga kirishingiz kerak bo’ladi (aytilgan mavzuga bog’liq). Chunki ko’pincha ayol kishi bu gaplarni aytib sizdan javobni kutmaydi faqat ichini bo’shatib olgisi keladi, xolos.

4.  Oldingi suhbatlarimizda ishora qilganimizdek, ayollar turmushga chiqishlari bilan qiyin sharoitlarda ularga suyanchiq bo’ladigan erkak bo’lishini istaydilar. Bu erkak esa –uning eri bo’lishi kerak. Yaqinlarining o’limi yoki og’ir dardga mubtalo bo’lishi, xullas qiyin sharoitga tushib qolganida siz og’ir va matonatli bo’lishingiz kerak. Sizning salobat bilan qiyinchiliklarga qarashingiz unga ham tasir qiladi va u qiyinchiliklarni osonroq yengiz o’tishiga sabab bo’ladi.

Keyingi suhbatlarimizda yana shu mavzuda suhbatlarimizni davom ettirish niyatimiz bor. Sizlardan esa fikr va mulohazalaringizni kutib qolamiz.

 

WWW.HIDOYAT.ORG – Xalqaro Islomiy Axborot va Ma’lumotlar Markazida tayyorlangan!



1