PARDOZ-ANDOZNING ENG MOHIR USTASI!قَالَ ÙَبÙمَا أَغْوَیتَنÙÛŒ لَأَقْعÙدَنَّ Ù„ÙŽÙ‡Ùمْ صÙرَاطَكَ الْمÙسْتَقÙیمَ U (alamidan) dedi: "Qasamyod etamanki, meni yanglishtirganing tufayli Sening To'g'ri yo'ling (Islom dini) uzra ular (odamlarni chalg'itish) uchun o'tiraman. (A’rof surasi; 16-oyat); Shunday qilib eng ashaddiy dushmaningizni tanib oldingiz. Ana endi sizga aytadigan nasihatimizni hech qachon yodingizdan chiqarmang: Iymonni kemiruvchi bu ashaddiy dushmanning ish yuritadigan makoni juda kengdir. Shunday ekan hamisha uning to’riga ilinishdan ehtiyot bo’ling! ENG XAVFLI (!) VIRUS SHU YAQIN ATROFDADIR, EHTIYOT BO’LING!
Shu paytgacha eng xatarli virus haqida eshitganmisiz? Uning eng o’zgruvchan va moslashuvchan virus ekanligini bilasizmi? Uning nomi va faoliyat yuritishi haqida ma’lumotga egamisiz? Bugungi kunda virus desak, ko’pchilikning ko’z oldiga medicinadagi viruslar va yoki nari borsa, kompyuterlarga tushadigan viruslar keladi. Albatta bizlar ham bunday viruslarning xavfli ekanligini inkor etmaymiz, va ulardan ehtiyot bo’lish kerakligini biz ham ta’kidlaymiz. Ammo aytmoqchi bo’lgan narsamiz shuki, dunyoda boshqa tur viruslar ham borki, ularning xatari boshqalarnikidan ancha kuchliroqdir. Agar biz bir zum ulardan g’aflatda qolsak, ular qalbimizda abadiy xasratga aylanadi, so’nggi pushaymonlik esa befoydadir. Shunday ekan unga mubtalo bo’lmasdan turib uning ayanchli oqibati haqida fikr yuritmoq lozimdir. Bu virus gohida ko’rinishidan yaxshi diniy amalning ustiga minib oladiki, odam aldanib qolib unga mubtalo bo’lib qoladi va zararidan azobga giriftor bo’ladi. Hamma viruslar orasida o’ziga yarasha o’xshashliklari va o’zari farqlari bordir. Masalan, kompyuterlarga tushgan viruslarni olib qaraydigan bo’lsak ular texnologiya va ilm-fan taraqqiyoti bilan chambarchas bog’liqdir. Virusdan qutulish uchun umuman fan-texnikadan qutulish kerak, degan gap bemani xomhayollikdir. Xuddi shunga o’xshab, biz aytayotgan virus ham odamlar hayoti bilan chambarchas bog’lanib ketgandir. Shuning uchun undan qutulish fikri ham xomhayollikdir.
|