PARDOZ-ANDOZNING ENG MOHIR USTASI!



Dunyodagi eng mohir pardoz ustasi kim ekanligini va uning ishxonasi qayerda ekanligini bilasizmi?

Ha, u sizga tekinga ha, ha aslant bepul xizmat qilishga shay turadi. Sizlar uchun turli modellardagi kiyim fasonlaridan tortib boshqa ziynat vositalarini beradi.  U nafaqat sizdgagi kamchiliklarni berkitadi, balki bu kamchilik va nuqsonlarni go’zal shaklda oroyishlaydi ham.  Ishonmasangiz mana bu oyatga murojaat qiling:

وَزَيَّنَ لَهُمُ الشَّيْطَانُ مَا كَانُواْ يَعْمَلُونَ

“shayton ularga qilib yurgan ishlarini ziynatli qilib ko'rsatdi”

(An’om surasi, 43 -oyat)

Bundan tashqari bu “usta” ranglash hunariga ham egadir.  U haqiqat yuziga botillik rangini ustalik bilan qoplaydi, ko’rgan odam bu botillik rangi emas, balki asl haqiqat rangi deb o’ylaydi. Yana artistlik hunariga ham ega va turli rollarni qoyilmaqom qilib o’ynaydi. Odamni ishontirib turib orqasidan jarlikka qarab itarib yuboradi.

وَإِذْ زَيَّنَ لَهُمُ الشَّيْطَانُ أَعْمَالَهُمْ وَقَالَ لاَ غَالِبَ لَكُمُ الْيَوْمَ مِنَ النَّاسِ وَإِنِّي جَارٌ لَّكُمْ فَلَمَّا تَرَاءتِ الْفِئَتَانِ نَكَصَ عَلَى عَقِبَيْهِ وَقَالَ إِنِّي بَرِيءٌ مِّنكُمْ إِنِّي أَرَى مَا لاَ تَرَوْنَ إِنِّيَ أَخَافُ اللّهَ وَاللّهُ شَدِيدُ الْعِقَابِ

O'shanda shayton ularga qilayotgan ishlarini ziynatli qilib ko'rsatib: "Bu kun odamlar ichida sizlarga g'olib keladigani yo'q. Mana, men yoningizdadirman!" - dedi. Ikki to'p (lashkarlar) to'qnashganda esa (shayton) ortiga chekinib: "Men sizlardan bezorman. Men sizlar ko'rmagan narsani ko'rayapman. Men Allohdan qo'rqaman. Alloh jazosi qattiq (zot)dir", - dedi. (Anfol surasi, 48-oyat);

U shuningdek daromad toppish yo’lida har qanday ishni o’ziga kasb qilib olgan. Masalan, moshinasi bilan kirakashlik ham qiladi. Lekin moshinasini haydayotganida yo’l harakati qoidalariga also rioyat qilmaydi, uning ustiga to’gri yo’l qolib qiyshiq yo’’lardan olib o’tib mqsad u yoqda qolib g’irt teskari tarafga qarab haydaydi va oxir oqibatda avariyaga uchrab yo’lovchilarini jahannam qa’riga uloqtiradi.



1 2 3 next