SHAYTONNI YAKSON QILUVCHI O’N BIR AMAL



Kunlardan bir kuni hazrat rasululloh (saov) Masjidul Harom yonida shaytonni uchratdilar-da, unga qarab: Ey nafratga uchragan, nima uchun mendan hafasan? –deb so’radilar.  Shunda shayton bunday deb javob berdi: Men hamma odamlarni yo’ldan urib gumroh qilaman deb harakat qilaman.  Sen esa Qiyomat kunida odamlarni shafoat qilib men chekkan hamma zahmatlarimni chipakka chiqarasan. Shuning uchun seni ko’rarga ko’zim yo’q!

Hazrat rasuli akram (saov): Xo’sh  ummatimni nima uchun yomon ko’rasan?-deb so’radilar. Shayton bunday dedi: Chunki sening ummatingning ba’zi xususiyatlari bordirki, boshqa ummatlarda yo’qdir.  Bular quyidagilardir:

1.  Ummating a’zolari bir-birlarini ko’rganlarida o’zaro salom beradilar, Salom Allohning ismi bo’lgani uchun men undan qo’rqaman.

2.  Uning ustiga bir-birlariga salomlashganlarida qo’l berishadi. Bir-birlariga qo’l berib so’rashganlarida esa gunohlari duv-duv to’kiladi.

3.  Namozlar ichida ayniqsa bomdod namoziga ko’p ahamiyat beradilar. Kechasi ulrning tepasida qo’riqchilik qilgan farishtalar qilingan kechasidagi amallarni yozib qo’yadilar Bomdod azoni paytida esa o’z o’rinlarini kunduzgi  farishtalarga beradilar.  Ya’ni farishtalar doimo ularni o’rab turganidan keyin mening qiladigan fitnalarim natijasiz qoladi.

4.  Ovqat yeyishdan oldin “Bismillah”ni aytishadi, shuning uchun ovqatlariga sherik bo’la olmay, och qolib ketaman.

5.  Sening ismingni aytganlarida doimo salavot aytadilar va shunchalik ko’p savob oladilarki, men qochishga majbur bo’laman.

6.  Biron ish qilishdan oldin “Inshaalloh” deb aytishadiki, natijada men ishlariga aralasha olmayman.

7.  Sening ummating doimo sadaqa berib turadi, buning natijasida ham ko’plab savobga ega bo’ladilar. Uning ustiga tushadigan balolarni ham bu sadaqa berishlari bilan daf qiladilar. Mening butun umidmni barbod qiladilar. Hazrat rasululloh (saov) shundy deb marhamat qilagan edilar: Qachon biror mo’min sadaqa beraman deb qo’lini cho’ntagiga uztganida shayton kelib uni vasvasa qiladi va bu ishni qilishdan qaytaradi. Qachonki usha odam shayton vasvasasiga ahamiyat bermay sadaqa bersa, shayton usha yerdan qochadi.



1 2 next