SHAYTONNI YAKSON QILUVCHI O’N BIR AMAL



8.  Qur’oni karimni tilovat qiladilar. Qaysi uyda Qur’on tilovat qilinar ekan men uchun usha uyda joy qolmaydi.  Cunki farishtalar u yerda raftu-omad qiladilar.

9.  Menga ko’p la’nat o’qishadi. Menga (Shaytonga) qilingan la’nat natijasida badanimda yara hosil bo’ladi, bu yara to usha menga la’nat o’qigan odamni gumroh qilmagunimcha tuzalmaydi. Agar yo’ldan ura olmasam abadul abad yaram bilan qolaman.

10.  Biror gunoh ish qilsalar darrov tavba qilishadi, bu degani ularning gunohlari kechirilib mening qilgan hamma zahmatlarim nobud bo’ladi, demakdir.

11.  Aksirganlarida esa “Alhamdulillah” deb Allohga hamd aytishadi.

Hazrat rasululloh (saov) bunday degan edilar: Aksirish Alloh tarafidan va esnash esa shayton tarafidan bo’ladi. Shuning uchun aksirganingizda “Alhamdulillah” deb ayting. Aksirganni eshitgan boshqa musulmon esa “Yarhamukalloh” deyishi kerakdir.  Qachon inson namoz o’qisa, ayniqsa sajdalarida uzoq qolsa, shayton darg’azab bo’lganidan hatto faryod chekadi.

Hazrat imom Sodiq (a.s) bunday degan edilar: Namoz o’qimaydigan odam shaytondan ham pastroq va badtarroqdir. Nega deganda, shayton Allohga sajda qilar edi, odamga sajda qilmagani uchun Parvardigor g’azabiga uchradi. Ammo namoz o’qimaydigan odam esa, Parvardigorga sajda qilishdan bosh tortgan bo’ladi.

Payg’ambarimiz (saov) dan naql qilinadi: Namozxon namozini tugatgach tasbeh o’girganida ya,ni Subhanalloh (33 ta) Ahhamdulillah (33ta) va Allohu Akbar (34 ta) tasbeh o’girgan barmoqlari Qiyomat kunida uni shafoat qiladi.

Boshqa bir hadisda esa

“Qiyomat kunida Sirot ko’prigidan o’tkazib qo’yuvchi amal – bu namozdir”- deyilgan.

Hazrat shuningdek bunday degan edilar:  Agar odamning namozi qabul bo’ladigan bo’lsa, boshqa hamma amallari ham qabul bo’ladi. Ammo aksincha agar namozi qabul bo’lmasa, hech bir amali qabul bo’lmaydi.

Namozlar ichida ayniqsa Bomdod namozini tark qilmaslik haqida alohida ta’kidlangandir. Chunki kecha farishtalari ham bu namozni tundagi amal sifatida yozib qo’ysalar, kunduzgi farishtalar bu namozni kunduzgi namoz sifatida nomai amolga yozadilar.

Imom Sodiq (a.s) namoz haqida aytib jumladan bunday deb marhamat qilgan edilar: Namoz o’qiganingizda “Bismilloh”ni ovoz chiqarib o’qinglar, va illo shayton namoz oxirigacha yelkangizda o’tirib olib vasvasa qilishi mumkin. Shuningdek, namozda  Fotiha surasini o’qishdan oldin “Auzu billahi minash shaytonir rojim” deyishni unutmang. Shunda badaningizdagi tuklar soni miqdorida hasanot yoziladi.



back 1 2