Hazrat Fotimatuz-Zahro (a.s)ning mazlumona shahid bo’lishlari



10. Talha bin Ubaydulloh va boshqalar.

Bu haqdagi xabar xalifaga yetib borgach u Umar bin Xattobga qarab nima bo’lganda ham Alini bu yerga zo’rlab keltirgin, deb buyurdi. Umar bilan hazrat Ali (a.s) o’rtalarida bahs bo’lib o’tdi. Hazrat Ali bunday dedilar: Allohga qasam ichib aytamanki, sen xilofatni Abu Bakrda bo’lishini istashing sababi – bu ertaga uning sening qo’lingga o’tishini bilganing uchundir. Darhaqiqat Abu Bakrni o’ylaganingdan emas, balki o’zingni o’ylaganingdan shunday qilyapsan –dedi. (Al-riyozu nazra; 1-j; 167-bet; Tarixul xamis; 1-j; 188-bet; Ibn Abdurobbih; 3-64; Tarixul bi Fido; 1-156; Ibn Shahna Ibn Asir hoshiyasida; 11-112; Jo’hariy; 2-130 -134; Siyratul Halabiya; 3- 394-397;)

Tarixchilarning yozishlaricha hazrat Fotima (a.s) ning uylariga bostirib borganlar quyidagilar edi:

1. Umar ibn Alxattob;

2. Xolid bin Valid;

3. Abdurahmon bin Avf;

4. Sobit bin Qays;

5. Ziyod bin Labid;

6. Muhammad bin Muslama;

7. Zayd bin Sobit;

8. Salama bin Salama bin Vaqash;

9. Salama bin Aslam;

10. Usayd bin Huzayr;

Umar bin Al-Xattob Fotima (a.s) ning uylarining eshigi tagiga kelib Fotimaga dagdag’a qila boshladi. Uning qo’lida alangasi yonib turgan nayzasi bor edi. Shunda hazrat Fotima (a.s) unga qarab : Ey Xattobning o’gli. Uyimga o’t qo’yish uchun keldingmi?-deb so’radi. Umar: Ha, agar ummat qilgan ishni (Abi Bakrga bay’at berish) qilmasang shunday qilaman. Bu ishni  otang keltirgan dinni quvvatlantirish uchun qilaman-dedi.  U bu ishni qiladi va eshik orqasida turgan usha paytda beshinchi farzandiga homila bo’lgan hazrat Fotima (a.s)ni og’ir yaralaydi. Bunda uning qornidagi bolasi (Muhsin deb ism qo’yishni niyat qilib qo’ygan edi) nobud bo’ladi. Fotima onamiz esa qovurgalari sinib ana shu jarohat orqali shahid bo’ladilar. Bu voqea turli lafzlar bilan ba’zan to’la va ba’zan qisqartirilgan holda ko’p kitoblarda naql qilingandir. Jumladan Tabariy Tarix kitobida,  Hofiz Ibrohim she’rida, Yaqubiy Tarix kitobida , Kanzul ummol kitobida, Bilozariy Tarix kitobida va boshqalarda naql qilingan.   Hazrat Siddiqa va Tohira bo’lmish olam ayollarining Jannatdagi sayyidasi bo’lmish Fotima onamiz shunday qilib dinni fitnalardan saqlash yo’lida imomatni hifz qilish yo’lida Jumadus-soniy oyining 3-kunida mazlumona shahid bo’ldilar. Ul hazrat ba’zi sahobalarning qilgan xiyonatlaridan juda ko’p ranj chekdilar, shuning uchun vasiyatlarida hazrat Ali (a.s)ga bunday dedilar:  â€œMeni yarim kechada yuvib dafn qilgin, zero men janozam ustida munofiqlar hozir bo’lishlarini also istamayman. Shuningdek qabrimni ham hammadan sir saqlagin”- deb tayinladilar. Shuning uchun bugungi kunga qadar Fotima onamiz qabrlarining qayerda ekanligini Ahli bayt (a.s) dan boshqa hech kim bilmaydi. Ha, azizlar bu haqiqatni aytish qanchalik ogir bo’lmasin siz muxlislarimizga oshkor qilishni o’z burchimiz deb bilganimiz uchun aytdik.

Alloh TAolo hammamizga to’gri yo’ldan adashmay yashashni nasib etsin va zolimlardan va yoki ularni yaxshi ko’ruvchilardan qilib qo’ymasin. Omin, yo Robbil olamin!



back 1 2