Hazrat Muhammad(S.A.O.V)-oliy xulq sohibi



javobiga yahudidan kasal ekanigini yo`qkab,ko`rgani borishim kerak ekan-dedilar.

Kasal yahudiy payg`ambarni ko`rib,eski qadirdonlab so`rabso`rashadi.Pok va samimiy qalbi payg`ambardan g`afazli qakbin poklani manbai bo`lib hurmat qildi.

Saddalik samimiyyat kambarlik payg`ambar ta`suf va istig`forlikni susaytirmas,aksincha har qanday kibru-garaz bu,sifatlar qarshimda sinar edi.

Payg`ambardan muhim sifatidan biri shu edi ki u zot g`alabadan keyin g`ururga berilmas edilar(Badr jangi, Makka fathi), xuddi shuningdek mag`lubiyat ham u kishining irodalarini bukolmas edi (Uhud jangi).

Rasululloh har qanday millatchilik qabilachilikdan qaytarar edilar, Hamma inson Odamdan tarqalgandir, Odam esa

tuproqdan yaratilgandir-deb aytar edilar.

Ozodalik -muhim xislatlaridan biri bo`lganRasululloh hamisha orasta yurar edilar,xushbo`y atirlar sepib, sochlarini tarab, tahoratli yurar, go`zal chehralaridan hamisha nur yog`ar edi. Kuniga bir necha marotaba tishlarini tozalar edilar va boshqalarni ham tish tozalashga buyurar edilar.Namozdan oldin ziynatlanishni yaxshi ko`rar edilar va boshqalarga ham ziynatlanishni buyurar edilar. Tozalik iymondandir , Islom dini tozalikka barpo bo`lgandir-deb ko`p ta`kidlaganlar. Rasulullohning ruhiy pokliklari badanlaridagi go`zallik bilan uyg`unlashib ketgan edi

Raftorlari .Rasululloh odamlar orasida ochiq yuzli va yuzlarida tabassum bo`lgan muxotib bo`lganlar va lekin o`zlari yolg`iz qolganda esa o`ychan hazin bo`lganlar. Hech vaqt

odamlar yuzig a tik boqmas edilar , birinchi bo`lib salom berardilar, oyoqlarini birovning oldida cho`zib o`tirmas edilar, biror majlisga borib qolsalar odamlar turib joy berishiga yo`l qo`ymas edilar , balki bo`sh joy topib usha yerga borib o`tirar edilar.Hamsuhbatlariningb gapini bo`lmas

Balki diqqat bilan eshitib, hurmatini joyiga keltirar edilar.

Buyuk qalb sohibi Payg`ambarimiz (S.A.O.V) o`ch olishdan ko`ra kechirishni afzal ko`rar edilar.Uhud jangida sevikli amakilari Hamza ibn Abdumutallib shahid bo`lgan va quraysh mushriklari hatto jonsiz jasadni ham tinch qo`yishmadi,lekin Rasululloh dushman mayyitlari bilan bunday muomala bo`lishiga yo`l qo`ymas edilar. Abu So`fyonning ayoli Hind asirga tushganda undan qasos olmay, hatto sahobalarga ham tahqirlashni man`

qilganlar, Munofiqlarning boshlig`i Abdulloh ibn Ubauo`z hayotini kalima keltirib saqlab qolgan edi.Lekin qalbida Payg`ambarga nisbatan xusumati bo`lib, yahudiylar bilan til biriktirib Islom hukumatiga qarshi turli mish-mishlar tarqatar edi. Rasululloh (S.A.O.V) nafaqat sahobalarga Abdullohni tahqirlashni man qildilar, balki u kasal bo`lgandaq ziyooratiga borar edilar.Tabuk g`azotidan qaytishda mushriklar Payg`ambarning otlarini cho`chitib, bu bilan u zotning yiqilib halok bo`lishlarini istar edilar, lekin niyatlari amalga oshmadi.Garchi Payg`ambarimiz ularni tanis alar ham kimligini oshkor qilmadilar.

Qonun himoyachisi Alloh qonunlariga qat`iy amal qilish Payg`ambarning muhim sifatidandir.Makka fathida :Bani

Mahzum qabilasid an bir ayol o`g`rilikda ayblanib, jazoga mahkum etildi. Shunda u ayolning yaqinlari qabila sha`niga dog` tushishini istamay, Rasulullohdan kechirishlarini so`rab murojaat qilishdi.Lekin u zot shunday dedilar: Oldingi o`tgan qavmlar ba`zi qabilalarni jazolabva ba`zilarini kechirib, fasod va halokatga uchraganlarChunki adolat buzilgan edi. Jonim qo`lida bo`lgan Zotga qasam ichib aytamanki, men adolatni barpo qilish yo`lida yonbosishlarga yo`l qo`ymayman, hatto agar jinoyatchi mening yaqin qarindoshim bo`lsa ham!

Kunlardan bir kun Rasululloh masjidga kelib xutba o`qidilar, so`ng shunday dedilar: Alloh qasam ichib dediki, Qiyomat kyni zolimlar kechirilmaydi. Mabodo, sizlarning birontangizga zulm qilgan bo`lsam, men javobiga hozirman.Shunda Savada ibn Qays o`rnidan turib shunday dedi: Yo Rasululloh, Toifdan qaytgan kuningiz asongiz bilan mening qornimga urgan edingiz, og`rigan edi. Rasululloh(S.A.O.V): Men bu ishni qasddan qilmagan edim. Shunga qaramay men javobgarman va jazolanishim kerak,- dedilar – va usha asoni keltirishni buyurdilar.Asoni Savadaga berib, Qayeringga urgan bo`lsam , sen ham usha yerimga urgin, to qasos olishing qiyomatga qolmasin.

Savada: - Men sizni kechirdim, yo Rasululloh,-dedi. Payg`ambar(S.A.O.V): - Alloh ham seni kechirsin,- deb marhamat qildilar.

Ha, adolatni o`rnatish deb --shunga aytiladi!



back 1 2