QORIA surasi101.1 . (U) zarba beruvchi (qiyomat)dir. 101.2 . Zarba beruvchi nedur?! 101.3 . (Ey, inson,) zarba beruvchi nima ekanini senga ne ham anglatur?! 101.4 . U Kuni odamlar to'zitib yuborilgan parvonalar kabi bo'lurlar. 101.5 . Tog’lar esa titilgan yung kabi (havoda uchib yuradigan) bo'lur. 101.6 . Bas, endi (o'sha kuni) kimning tortilgan (yaxshi amallari) og’ir kelsa, 101.7 . ana o'sha qoniqarli maishatda bo'lur. 101.8 . Ammo, kimning tortilgan (yaxshi amallari) yengil kelsa, 101.9 . uning joyi "jarlik"dir. 101.10 . Uning nima ekanini Sizga ne ham anglatur?!
|