SHAMS surasi91.1 . Qasamyod etaman Quyosh va uning ziyosiga, 91.2 . u (quyosh)ning ortidan kelgan oyga, 91.3 . u (quyosh)ni oshkor qilgan kunduzga, 91.4 . u (quyosh)ni o'ragan tunga, 91.5 . osmonga va uni bino qilgan, 91.6 . Yerga va uni yoyib qo'ygan, 91.7 . jonga va uni tiklagan, 91.8 . unga fisq-fujurini ham, taqvosini ham ilhom qilib qo'ygan zotga (qasam)ki, 91.9 . haqiqatan, uni (nafsni) poklagan kishi najot topur 91.10 . va u (nafs)ni (gunoh bilan) ko'mib, xorlagan kimsa esa noumid bo'lur!
|