SHAMS surasi



91.1 . Qasamyod etaman Quyosh va uning ziyosiga,

91.2 . u (quyosh)ning ortidan kelgan oyga,

91.3 . u (quyosh)ni oshkor qilgan kunduzga,

91.4 . u (quyosh)ni o'ragan tunga,

91.5 . osmonga va uni bino qilgan,

91.6 . Yerga va uni yoyib qo'ygan,

91.7 . jonga va uni tiklagan,

91.8 . unga fisq-fujurini ham, taqvosini ham ilhom qilib qo'ygan zotga (qasam)ki,

91.9 . haqiqatan, uni (nafsni) poklagan kishi najot topur

91.10 . va u (nafs)ni (gunoh bilan) ko'mib, xorlagan kimsa esa noumid bo'lur!



1 next