G`OSHIYA surasi88.11 . U joyda behuda so'z eshitmaslar. 88.12 . U joyda oqar buloq bordir. 88.13 . U joyda baland so'rilar, 88.14 . qo'yilgan qadahlar, 88.15 . tizib qo'yilgan yostiqlar 88.16 . va to'shalgan gilamlar bordir. 88.17 . Axir, ular tuyaga qarab, qanday yaratilganiga, 88.18 . osmonning qanday ko'tarib qo'yilganiga, 88.19 . tog’larning qanday tiklanganiga 88.20 . va Yerning qanday yoyib - tekislab qo'yilganiga boqmaydilarmi?! 88.21 . Bas, (ey, Muhammad,) eslating! Zotan, Siz faqat eslatuvchidirsiz. 88.22 . Ularning ustidan zo'ravonlik bilan hukm yurgizuvchi emassiz. 88.23 . Illo, kimki (bu eslatmadan) yuz o'girib, kofir bo'lsa, 88.24 . u holda, Alloh uni eng katta azob bilan azoblar. 88.25 . Zero, qaytishlari yolg’iz O'zimizgadir!
|