A`LO surasi



87.11 . Baxtsiz kishi esa undan (eslatmadan) chetlab o'tar,

87.12 . zero, u Katta o't (do'zax)da toblanur.

87.13 . So'ngra u joyda na o'la olur va na yashay olur!

87.14 . Najot topuvchi odam, haqiqatan, (kufru isyondan) pok bo'lur

87.15 . va Parvardigorining nomini yod etib, namoz o'qir.

87.16 . Ha, sizlar, (ey, kofirlar,) dunyo hayotini ustun qo'yursizlar.

87.17 . Holbuki, oxirat yaxshiroq va boqiyroqdir.

87.18 . Darvoqe, bu (nasihatlar) avvalgi (payg’ambarlarga nozil bo'lgan) sahifalarda -

87.19 . Ibrohim va Muso sahifalarida (ham) bordir.



back 1 2