A`LO surasi



87.1 . (Ey, Muhammad,) eng oliy zot bo'lmish Rabbingizning nomiga tasbeh ayting!

87.2 . Zero, U (barcha narsani) yaratib, barpo qilgan,

87.3 . barchaga munosib yo'lni belgilab, (o'sha yo'lga) hidoyat qilib qo'ygan,

87.4 . o'tloqni undirib chiqarib,

87.5 . so'ng uni qoramtir xazon qilib qo'ygan zotdir.

87.6 . (Ey, Muhammad,) Biz Sizga (Jabroil vositasida Qur'onni) qiroat qildirurmiz. Bas, Siz (uni) esdan chiqarmassiz.

87.7 . Illo, Alloh (unuttirishni) xohlagan oyatlar bundan mustasnodir. Albatta, U oshkora (so'z va ishlar)ni ham, yashirin narsalarni ham bilur.

87.8 . Biz Sizni oson (din)ga muvaffaq qilurmiz.

87.9 . Bas, eslatma foyda bersa, (kishilarga) eslating!

87.10 . (Allohdan) qo'rqadigan kishi eslatma olar.



1 2 next