BURUJ surasi85.11 . Albatta, imon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlarga ostidan anhorlar oqib turadigan bog’lar bordir. Bu esa katta yutuqdir. 85.12 . (Ey, Muhammad,) shubhasiz, Rabbingizning (azobga) tutishi qattiqdir. 85.13 . Albatta, Uning O'zi boshlar (yaratar) va qaytarur (qayta tiriltirur). 85.14 . U (mo'minlarga nisbatan) kechirimli va do'st, 85.15 . Arsh sohibi, Ulug' 85.16 . va istagan narsasini amalga oshiruvchidir. 85.17 . (Ey, Muhammad,) Sizga qo'shinlarning xabari keldimi? 85.18 . Fir'avn va Samud (qo'shinlari)ning. 85.19 . Yo'q! Kofir bo'lgan kimsalar (doimiy) inkor qilishdadirlar. 85.20 . Holbuki, Alloh ularning ortida (barcha narsani bilib) ihota qilib turuvchidir. 85.21 . Yo'q! Balki, u ulug’ Qur'ondirki, 85.22 . (uning asl manbai) Lavhul-Mahfuzdadir.
|