BURUJ surasi85.1 . Qasamyod etaman (o'n ikkita) burjlarga ega osmonga, 85.2 . va'da qilinmish (Qiyomat)ga, 85.3 . (o'sha Kunda) guvoh va guvohlik beriluvchiga 85.4 . Choh egalariga la'nat! 85.5 . Qaysiki, u yoqilg’ili olov edi. 85.6 . O'shanda ular o'sha (choh)ning ustida o'tirgan 85.7 . va mo'minlarga qilayotgan ishlariga o'zlari guvoh edilar. 85.8 . Ular (mo'minlar)dan faqat qudratli va hamd egasi bo'lmish Allohga imon keltirganlari uchungina o'ch oldilar. 85.9 . Osmonlar va Yerning hukmronligi Unikidir va Alloh barcha narsaga guvohdir. 85.10 . Albatta, mo'min va mo'minalarni fitnaga solib, so'ngra tavba qilmagan kimsalarga jahannam azobi va ular uchun o't azobi bordir.
|