INSHIQOQ surasi84.11 . bas, (o'ziga) o'lim tilab qolajak 84.12 . va do'zaxda toblanajak. 84.13 . Darvoqe, u (dunyodalik paytida) ahli oilasid shodu xurram edi, 84.14 . o'zini hech qachon (Parvardigor huzuriga) qaytmasman deb o'ylar edi. 84.15 . Yo'q! Parvardigori uni, shubhasiz, ko'rib turuvchi edi. 84.16 . Bas, qasamyod etaman (quyosh botayotgan paytdagi) shafaqqa, 84.17 . tun va u qamrab olgan (barcha) narsaga 84.18 . hamda to'lin oygaki, 84.19 . albatta sizlar bosqichma-bosqich (yashab) kelursizlar! 84.20 . Bas, nega ular imon keltirmaydilar?! 84.21 . Ularga Qur'on qiroat qilinganda, (Yaratganga) sajda qilmaydilar?! 84.22 . Aksincha, kufrga ketganlar (bu kabilarni) inkor eturlar. 84.23 . Alloh esa ular ichlarida yashirib yurgan narsalarini yaxshi biluvchidir. 84.24 . Bas, (ey, Muhammad,) ularga alamli azob "xushxabari"ni bering! 84.25 . Ammo, imon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlar uchun bitmas-tuganmas mukofot bordir.
|