INFITOR surasi82.11 . (Ular) yozuvchi ulug’ zotlardir. 82.12 . (Ular) sizlar qilayotgan ishlarni bilurlar. 82.13 . Albatta, yaxshilar (mo'minlar) ne'mat (jannat)dadirlar. 82.14 . Fojirlar esa do'zaxdadirlar. 82.15 . Ular unda Jazo kuni (Qiyomat)da toblanurlar. 82.16 . Undan (do'zaxdan) g’oyib bo'luvchi (qutiluvchi) emasdirlar. 82.17 . (Ey, Muhammad,) jazo Kuni nima ekanini Sizga ne ham anglatur?! 82.18 . So'ngra (yana) jazo Kuni nima ekanini Sizga ne ham anglatur?! 82.19 . U Kunda hech bir jon (boshqa) bir jon uchun biror narsa qilishga ega bo'lmas! U Kuni barcha ish Allohnikidir.
|