INFITOR surasi



82.1 . Osmon yorilganida,

82.2 . yulduzlar (har tomonga) sochilganida.

82.3 . dengizlar qo'shilib to'siqlar ochilganida,

82.4 . qabrlar ag’darilganida (Qiyomat qoyim bo'lganida),

82.5 . (har bir) jon o'zi (dunyoda) qilib o'tgan va qoldirgan (barcha) narsalarni (amallarini) bilur!

82.6 . Ey inson, seni karamli Parvardigoring haqida (Unga ibodat qilma deb) nima aldab qo'ydi?!

82.7 . U seni yaratib, so'ng (barcha a'zolaringni) tiklab, so'ng (qomatingni) rost qilib qo'ygan zot-ku!

82.8 . U seni O'zi qaysi suratni xohlagan bo'lsa (o'sha suratda) tarkib toptirdi-ku!

82.9 . Yo'q! Balki, sizlar jazo (Kuni)ni yolg’on der-sizlar.

82.10 . Holbuki, sizlarning ustingizda (har bir ishingizni) yod oluvchi (farishtalar) bor.



1 2 next