TAKVIR surasi81.11 . osmon (Yer ustidan) sidirib olinganida, 81.12 . do'zax (kofirlar uchun) qizdirilganida, 81.13 . jannat (taqvodorlarga) yaqin qilinganida, 81.14 . (ana o'sha Kunda har bir) jon o'zi (shu Kun uchun) hozirlab kelgan narsani(yaxshi-yomon amallarini) bilur! 81.15 . Bas, qayta-qayta chiqib (ko'rinib) turuvchi (yulduzlar)ga, 81.16 . (beshta) yashirinuvchi sayyoralarga, 81.17 . o'z zulmati bilan kelib-ketayotgan kechaga va 81.18 . (otayotgan) tongga qasamki, 81.19 . albatta, u (Qur'on) bir ulug’ elchi (Jabroil)ning so'zidir. 81.20 . (U) quvvatli, Arshning sohibi (Alloh) nazdida martabali,
|