ABASA surasi80.31 . mevayu giyohlarni ham. 80.32 . Bular sizlar uchun va chorva hayvonlaringiz uchun manfaatdir. 80.33 . Bas, qachonki, (quloqlarni) kar qiluvchi (qichqiriq) kelganda (sur ikkinchi marta chalinganda), 80.34 . o'sha Kunda kishi o'z birodaridan qochur. 80.35 . Yana onasi va otasidan ham, 80.36 . xotini-yu, o'g’illaridan ham (qochur). 80.37 . (Chunki) u kunda ulardan har bir kishi uchun o'ziga yetarli tashvish bo'lur. 80.38 . U Kunda (ba'zi) yuzlar yorug’, 80.39 . kuluvchi va xurram (bo'lur). 80.40 . u kunda (boshqa bir) yuzlar uzra g’ubor bo'lur. 80.41 . U (yuz)larni qarolik qoplar. 80.42 . Ana o'shalar (fisqu) fujur qiluvchi kofirlarning o'zidirlar.
|