NOZI`OT surasi79.31 . Undan suviyu, o'tloqlarini chiqardi. 79.32 . Tog’larni esa o'rnashtirdi. 79.33 . (Bularning barchasi) sizlarga va chorva hayvonlaringizga manfaat bo'lsin deb (qilingandir). 79.34 . Bas, qachon katta balo (Qiyomat) kelganida – 79.35 . inson o'z qilmishini eslab qoladigan Kunda, 79.36 . ko'radigan (har bir) kishiga do'zax namoyish qilinganida, 79.37 . bas, o'shanda kimki (dunyoda) tug’yonga ketgan 79.38 . va dunyo hayotini (oxiratdan) ustun qo'ygan bo'lsa, 79.39 . u holda, faqat jahannamgina (unga) joy bo'lur! 79.40 . Ammo, kimki Parvardigorining (huzurida) turishi (va hisobot berishi)dan qo'rqqan va nafsini havolanishdan qaytargan bo'lsa, 79.41 . bas, faqat jannatgina (unga) joy bo'lur. 79.42 . (Ey, Muhammad, mushriklar) Sizdan Qiyomat qachon qoyim bo'lishi haqida so'rarlar. 79.43 . Siz qayoqdasiz-u, uni zikr qilish (aytib berish qayoqda)?! 79.44 . Uning intihosi faqat Rabbingizga (borib to'xtar). 79.45 . Siz faqat undan qo'rqadigan kishilarni ogohlantiruvchisiz. 79.46 . Ular u (Qiyomat)ni ko'rgan Kunda (bu dunyoda) go'yo bir oqshom yoki choshgoh payticha turgandek bo'lurlar.
|