NOZI`OT surasi79.1 . (Kofirlarning jonlarini badanlari) qa'ridan sug’urib oladigan (farishta)larga qasam, 79.2 . (mo'minlarning jonlarini osonlik bilan) chiqarib oladigan (farishta)larga qasam, 79.3 . (osmondan) suzib tushuvchi, 79.4 . (o'z vazifalarini ado etishda) o'zib yuruvchi 79.5 . (Alloh buyurgan barcha) ish tadbirini tuzib turuvchi (farishta)larga qasamki, (albatta, qayta tirilib, hisobot berursizlar)! 79.6 . U Kunda larzaga keluvchi (sur) larzaga keladi. 79.7 . Ortidan ergashuvchi (ikkinchi bor sur ovozi) ergashur. 79.8 . U Kunda dillar qo'rquvga tushuvchidir. 79.9 . Ko'zlar esa (dahshatdan) so'nib qoluvchidir. 79.10 . Ular (bu dunyoda) derlar: "Haqiqatan ham bizlar (o'lgach) avvalgi holatimizga qaytariluvchimizmi?
|