JIN surasi72.11 . Albatta, bizlarning oramizda yaxshilar ham bordir va (shuningdek) oramizda undan berilar (yomonlar) ham bordir. Bizlar (ilgari) turli-tuman yo'llarda edik. 72.12 . Bizlar yana (Qur'onni eshitganimizdan so'ng) bildikki, yer (yuzi)da Allohni ojiz qoldira olmasmiz va Undan (jazosidan) qochib qutila olmasmiz. 72.13 . Biz Hidoyatni (Qur'onni) eshitdigu unga imon keltirdik. Bas, kimki Parvardigoriga imon keltirsa, demak, u (yaxshiliklarning) kamayib qolishidan ham, (yomonliklarning) ortib ketishidan ham xavfi bo'lmas. 72.14 . Oramizda musulmonlar ham bor, (shuningdek) oramizda (yo'ldan) ozganlar ham bordir. Bas, kimki musulmon bo'lsa, demak, aynan o'shalar to'g'ri yo'lni maqsad qilib olibdilar. 72.15 . Ammo (yo'ldan) ozganlarga esa, bas, ular jahannamga o'tin bo'luvchi kimsalardir". 72.16 . Albatta, agar ular (To'g'ri) yo'lda ustivor turganlarida, albatta, Biz ularni serob qilgan bo'lur edik. 72.17 . Bu bilan ularni sinagan bo'lur edik. Kimki Parvardigorining zikridan (Qur'ondan) yuz o'girsa, (U) uni qattiq azobga yo'llar. 72.18 . Albatta, (barcha) masjidlar Allohnikidir. Bas, (majidlarda) Alloh bilan qo'shib yana biror kimsaga duo (ibodat) qilmangizlar! 72.19 . Yana Allohning bandasi (Muhammad) Unga ibodat qilib turganida, ular (jinlar Qur'on eshitish uchun) uning ustida g'uj-g'uj bo'lib yiqila boshladilar. 72.20 . (Ey, Muhammad kofirlarga) ayting: "Men faqat Rabbimgagina ibodat qilurman va Unga hech kimni sherik qilmasman". 72.21 . Ayting: "Men sizlarga zarar va (yoki) to'g'ri yo'l (berish)ga molik emasdirman". 72.22 . Ayting: "Albatta meni Alloh(ning azobi)dan biror kimsa himoya qila olmas va men Undan o'zga panoh ham topa olmasman. 72.23 . (Men) faqat Alloh tomonidan yetkazishga va Uning elchilik vazifalarigagina (egadirman). Kimki Alloh va Uning payqambariga itoatsizlik qilsa, bas, albatta, unga jahannam olovi bordirki, (ular) o'sha joyda mangu qolurlar. 72.24 . O'zlariga va'da qilinayotgan azobni ko'rganlaridan keyingina kimning yordamchisi zaifroq va sanog'i ham ozroq ekanini bilajaklar". 72.25 . (Ey, Muhammad, kofirlarga) ayting: "Sizlarga va'da qilinayotgan azob yaqinmi yoki Rabbim unga (uzoqroq) muhlat qilganmi, bilmasman." 72.26 . (U) g'aybni biluvchidir. Bas, O'z g'aybidan biror kimsani xabardor qilmas. 72.27 . Faqat O'zi rozi bo'lgan (tanlagan) payqambarnigina (O'zining ba'zi qaybidan ogoh etar). Bas, albatta, U (Alloh) (har bir payg'ambarning) oldidan ham, ortidan ham kuzatuvchi (farishta) yo'llar. 72.28 . Toki (payg'ambarlar) Parvardigorlarining elchilik vazifalarini (ummatga) yetkazganliklarini bilish (sinash) uchun (shunday qilur). U (payg'ambarlar) huzuridagi (bor) narsani (ilmu amallarni) ihota qilib olgandir va (koinotdagi) har bir narsaning sanog'ini hisoblab qo'ygandir".
|