NUH surasi



71.1 . Haqiqatan, Biz Nuhni: "Qavmingni ularga alamli azob kelmay turib ogohlantirgin", - deb o'z qavmiga (payg'ambar qilib) yubordik.

71.2 . U dedi: "Ey, qavmim, albatta, men sizlarga (yuborilgan) aniq ogohlantiruvchidirman.

71.3 . Allohga ibodat qilinglar, Undan qo'rqinglar va menga itoat etinglar,

71.4 . (shunda Alloh) sizlarni gunohlaringizdan o'tar va sizlarni belgilangan muddatgacha (ajalingiz yetgunicha tirik) qoldirar. Agar biluvchi bo'lsangizlar, Allohning muddati kelganda, aslo kechga qoldirilmas".

71.5 . (U) dedi: "Ey, Rabbim, men qavmimni kecha-yu kunduz (imonga) da'vat etdim

71.6 . (Ammo) mening da'vatim ularga faqat (imondan) qochishni ziyoda qildi, xolos.

71.7 . Darvoqe, har gal men ularni Sening mag'firatingga (din yo'liga) da'vat etsam, ular (eshitmaslik uchun) barmoqlarini quloqlariga tiqib, kiyimlariga o'ralib oladilar va (o'z kufrlarida) qattiq turib oladilar hamda (menga itoat etishga) kibr qiladilar.

71.8 . So'ngra men ularni oshkora da'vat etdim.

71.9 . So'ngra men ularga (o'z da'vatimni) (ochiq) e'lon ham qildim, pinhona qilib ham aytdim.

71.10 . Bas, dedimki: - Rabbingiz (Alloh)dan mag'firat so'rangizlar, albatta, U o'ta kechirimli zotdir.



1 2 next