NUH surasi71.11 . (Shunda U) ustilaringizga osmondan yomg'ir yog'dirur, 71.12 . sizlarga mol-dunyo, farzandlar bilan madad berur hamda sizlarga bog'lar (ato) qilur va sizlarga anhorlarni (ato) qilur. 71.13 . Nega sizlar Allohni ulug'lashni (ibodat qilishni) o'ylamaysizlar?! 71.14 . Holbuki, U sizlarni bosqichma-bosqich yaratgan bo'lsa?! 71.15 . Ko'rmadingizmi, Alloh yetti osmonni qanday ustma-ust qilib yaratdi. 71.16 . Oyni ular ichida nur qilib, quyoshni esa chiroq qilib qo'ydi. 71.17 . Alloh sizlarni (Odamni) yerdan undirdi (paydo qildi). 71.18 . So'ngra (vafot etganlaringizda) sizlarni yana (yerga) qaytarur va (Qiyomatda) sizlarni yana chiqarur. 71.19 . Alloh yerni sizlar uchun to'shak qildi, 71.20 . toki undagi keng yo'llarda yurgaysizlar. 71.21 . Nuh (yana) aytdi: "Ey, Rabbim, darhaqiqat, ular menga itoatsizlik qildilar hamda (topgan) mol-dunyosi va farzandlari o'ziga faqat ziyonni oshiradigan kimsalarga ergashib ketdilar". 71.22 . ( Ular) juda katta makr qildilar. 71.23 . (O'zlariga ergashgan kimsalarga:) "Sizlar o'z ilohlaringizni sira tark etmanglar! "Vad"ni ham, "Suvo'"ni ham, "Yag'us"ni ham, "Ya'uq"ni va "Nasr"ni ham sira tark etmangizlar!" - dedilar. 71.24 . Darhaqiqat, ular (Nuh qavmining kofirlari) ko'p (kishilar)ni yo'ldan ozdirdilar. "(Ey, Rabbim,) zolimlarga faqat gumrohlikni ziyoda qilgin!" (dedi Nuh). 71.25 . Ular o'z xato (gunoh)lari sababli g'arq qilinib, (suv balosidan so'ng yana) olovga kiritildilar. Bas, o'zlariga Allohdan o'zga yordam beruvchilarni topmadilar. 71.26 . Nuh aytdi: "Ey, Rabbim, yer yuzida kofirlardan birorta (tirik) yuruvchini qoldirmagin. 71.27 . Chunki, Sen agar ularni qoldirsang, bandalaringni yo'ldan ozdirurlar va faqat, fosiq, noshukr(lar)ni tuqarlar. 71.28 . Ey, Rabbim, meni, ota-onamni, uyimga mo’min holda kirgan kishilarni va barcha mo’minu mo’minalarni mag'firat etgin! Zolimlarga esa faqat halokatni ziyoda qilgin!"
|