MULK surasi67.1 . (Mutlaq) hukmronlik "qo'li"da bo'lgan zot - Alloh barakotli (buyuk)dir va U har narsaga qodirdir. 67.2 . (U) sizlarning qaysilaringiz chiroyliroq (savobliroq) amal qiluvchi ekaningizni sinash uchun o'lim va hayotni yaratgan zotdir. U qudratli va mag’firatlidir. 67.3 . (U) yetti osmonni qatma-qat qilib yaratgan zotdirki, siz Rahmonning yaratishida biror tafovut (nuqson)ni ko'rmaysiz. Bas, ko'zingizni yana (samoga) qaytaringchi, (unda) biror yoriqni ko'rarmikansiz? 67.4 . So'ngra ko'zingizni qayta-qayta (samoga) qarating, ko'zingiz sizga xor va toliqqan holda qaytur. 67.5 . Haqiqatan, Biz quyi osmonni chiroqlar (yulduzlar) bilan bezadik va ularni shaytonlarga otiladigan toshlar qilib qo'ydik. Yana ular (shaytonlar) uchun (oxiratda) do'zax azobini ham tayyorlab qo'ygandirmiz. 67.6 . Parvardigorlariga kofir bo'lgan kimsalar uchun jahannam azobi bordir. Naqadar yomon oqibat bu! 67.7 . Qachonki, ular (jahannamga) tashlanganlarida, qaynab turgan (jahannamning) o'kirik (faryodi)ni eshiturlar. 67.8 . U g’azabdan parchalanib ketgudek bo'lur. Har gal unga bir to'da (kofir) tashlanganida, uning qo'riqchilari ulardan: "Sizlarga (dunyoda biror) ogohlantiruvchi (payg’ambar) kelmaganmidi?" - deb so'raydilar. 67.9 . (Ular) derlar: "Ha, haqiqatan, bizlarga ogohlantiruvchi kelgan edi, (lekin bizlar uni) yolg'onchiga chiqarganmiz va: "Alloh (hech kimga) hech narsa nozil qilgan emas, sizlar faqat katta zalolat (gumrohlik)dadirsizlar", - deganmiz. 67.10 . Ular (kofirlar) yana: "Agar bizlar (payg’ambar so'zlarini) tinglab, aql yurgizuvchi bo'lganimizda, do'zax ahlidan bo'lmas edik",- derlar.
|