MULK surasi67.11 . Bas, ular o'z gunohlarini (shu tarzda) e'tirof etadilar. Endi, do'zax ahliga halokat bo'lgay! 67.12 . Parvardigorlaridan g'oyibona qo'rqadigan zotlar uchun maqfirat va katta mukofot bordir. 67.13 . (Ey, insonlar,) sizlar so'zlaringizni yashiringlar yoki oshkora qilinglar, (baribir,) U dillardagi sirlarni ham biluvchidir. 67.14 . (Axir) yaratgan zot (O'zi yaratgan narsalarini) bilmaydimi?! U lutfli va xabardor zotdir. 67.15 . U (Alloh) sizlarga yerni xoksor (bo'ysunuvchi) qilib qo'ygan zotdir. Bas, u (Yer)ning har tomonida (sayohat, tijorat yoki dehqonchilik qilib) yuraveringlar va (Allohning bergan) rizqidan yenglar. Tirilib chiqish Uning huzurigadir. 67.16 . (Ey, Makka kofirlari,) yo sizlar osmondagi zot sizlarni yerga yuttirib yuborishidan, bas, birdaniga (yer) larzaga kelishidan (sizlarni halok qilishidan) xotirjammisizlar (qo'rqmaysizlarmi)?! 67.17 . Yoki sizlar "osmondagi" zot ustingizga tosh yog'dirishidan xotirjammisizlar?! Hali (azob kelganda), Mening ogohlantirishim qanday ekanligini bilib olajaksizlar! 67.18 . Darvoqe, ulardan avvalgi kimsalar ham (o'z payg'ambarlarini) yolg'onchiga chiqargandilar. Bas, Mening inkorim (azobim) qanday bo'ldi?! 67.19 . Ular ustilarida (qanotlarini) yoyuvchi va yiqqan holda (uchib yurgan) qushlarni ko'rmadilarmi?! U (qush)larni yolg'iz Rahmongina (samoda) tutib turar. Albatta, U barcha narsani ko'rib turuvchidir. 67.20 . (Ey, mushriklar,) Rahmondan o'zga sizlarga yordam beradigan qo'shiningiz kim ekan o'zi?! Kofirlar faqat mag'rurlikdadirlar.
|