TAG`OBUN surasi



64.1 . Osmonlardagi va Yerdagi (bor) narsa Allohga tasbeh aytur. Hukmronlik faqat Unikidir va hamd yolg'iz Unga xosdir. U har narsaga qodirdir.

64.2 . U sizlarni yaratgan zotdir. Bas, sizlardan (ba'zilaringiz) kofir va sizlardan (ba'zilaringiz) mo'mindir. Alloh qilayotgan amallaringizni ko'rib turuvchidir.

64.3 . U osmonlar va Yerni Haq (hikmat) bilan yaratdi va sizlarga surat (shakl) berdi - suratlaringizni go'zal qildi. Qaytish faqat Uning huzurigadir.

64.4 . U osmonlar va Yerdagi (bor) narsani bilur. Alloh dillardagi sirlarni biluvchidir.

64.5 . (Ey, Makka kofirlari,) sizlarga oldin kofir bo'lib, so'ng (shu dunyodayoq) o'z ishlarining ziyonini totgan kimsalarning xabari kelmadimi?! Yana ularga (oxiratda) alamli azob ham bordir.

64.6 . Bunga sabab, ularga payg'ambarlari hujjatlarni keltirganlarida, ular: "Bizlarni (o'zimizga o'xshagan) bashar (avlodlari) hidoyat qiladilarmi?!" - deyishib, kofir bo'lganlari va (imondan) yuz o'girib ketganlaridir. (Shunda) Alloh behojat ekanini ko'rsatdi. Alloh behojat va hamdga loyiq zotdir.

64.7 . Kofir bo'lgan kimsalar o'zlarini hech qachon qayta tirilmaymiz, deb gumon qildilar. (Ey, Muhammad, ularga) ayting: "Yo'q! Rabbimga qasamki, albatta, qayta tiriltirilursizlar, so'ngra, albatta, sizlarga qilgan amallaringizning xabari berilur. Bu Allohga osondir".

64.8 . Bas, sizlar Allohga, Uning payg'ambariga va Biz nozil qilgan Nur (Qur'on)ga imon keltiringlar! Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir.

64.9 . (Alloh) sizlarni to'playdigan "to'planish Kuni"ni (eslangiz)! Bu (odamlar) o'zaro aldanib qoladigan Kundir. Kimki Allohga imon keltirgan va yaxshi amal qilgan bo'lsa, (Alloh) uning yomonlik (gunoh)larini o'chirur va uni ostidan anhorlar oqib turadigan, abadiy qolinadigan jannatlarga kiritur. Bu esa ulkan mukofotdir.

64.10 . Kofir bo'lgan va oyatlarimizni inkor etgan kimsalar - ana o'shalar do'zax ahli bo'lib, o'sha joyda mangu qoluvchidirlar. Naqadar yomon oqibat bu!



1 next