TAG`OBUN surasi64.11 . (Insonga) biror musibat yetgan bo'lsa, albatta, Allohning izni (irodasi) bilangina (yetur). Kimki imon keltirsa, U uning qalbini to'g'ri yo'lga hidoyat qilur. Alloh har narsani biluvchidir. 64.12 . Allohga itoat etingiz va Payg'ambarga bo'ysuningiz! Bas, agar (itoatdan) bosh tortsangiz, u holda (bilingizki), Bizning payg'ambar zimmasida faqat (vahiylarimizni sizlarga) aniq yetkazish bor, xolos. 64.13 . Alloh - Undan o'zga iloh yo'qdir. Bas, mo'minlar faqat Allohgagina tavakkul qilsinlar! 64.14 . Ey, mo'minlar, albatta, xotinlaringiz va farzandlaringizdan sizlar uchun dushman (chiqadiganlari) ham bordir. Bas, ulardan ehtiyot bo'linglar! Agar sizlar (ularni) afv etsangizlar, koyimasangizlar va kechirsangizlar, u holda, albatta, Alloh (ham) mag'firatli va rahmlidir. 64.15 . Sizlarning mol-mulklaringiz va farzandlaringiz faqat bir sinovdir. Ulug' mukofot esa Allohning huzuridadir. 64.16 . Bas, toqatlaringiz yetganicha Allohga taqvoda bo'lingizlar, (nasihatga) quloq tutingizlar va itoat etingizlar hamda ehson qilingizlar, (mana shu) o'zlaringiz uchun yaxshiroqdir. Kimki o'z nafsining baxilligidan saqlana olsa, bas, aynan o'shalar iqbollidirlar. 64.17 . Agar sizlar Allohga "qarzi hasana" bersangizlar (muhtojlarga ehson qilsangizlar), U sizlarga bir necha barobar qilib qaytarur va (gunohlaringizni) mag'firat qilur. Alloh minnatdor va halimdir. 64.18 . (U) yashirin va oshkora ishlarni biluvchi, qudrat va hikmat sohibidir.
|