AHQOF surasi46.1 . Ho, Mim. 46.2 . (Bu Qur'on) qudratli va hikmatli Alloh (tomoni)dan nozil qilingan Kitobdir. 46.3 . Biz osmonlar va Yerni hamda ularning o'rtasidagi narsalarni faqat haq (hikmat) va (qiyomatgacha deb) belgilangan muddat bilan yaratdik. Kofir bo'lgan kimsalar esa o'zlari ogohlantirilgan narsadan yuz o'giruvchidirlar. 46.4 . (Ey, Muhammad, mushriklarga) ayting: "Sizlar Allohni qo'yib iltijo qilayotgan narsa (butlaringiz) haqida xabar beringiz - menga ko'rsatinglarchi, ular yerdan nimani yaratganlar?! Yoki ular uchun osmonlar(ni yaratish)da sheriklik bormi?! Agar rostgo'y bo'lsangizlar, menga ushbu (Qur'on)dan ilgari (nozil bo'lgan) biror kitobni yoki biror ilmiy asarni (hujjatni) keltiringlar!" 46.5 . Allohni qo'yib, Qiyomat kunigacha ham (duoni) mustajob qila olmaydiganlarga iltijo qiladigan kimsadan kim ham adashganroqdir?! Holbuki, u (jonsiz but)lar o'sha (mushrik)larning duolaridan g'ofildirlar. 46.6 . (Qiyomat kuni) insonlar (hisobot uchun) jam qilinganda, o'sha (butlar) ularga (mushriklarga) dushman va ularning ibodat qilganlarini ham inkor etuvchi bo'lurlar! 46.7 . Qachon ularga Bizning oyatlarimiz bayon etuvchi holida tilovat qilinsa, kofir bo'lgan kimsalar Haq (Qur'on) to'g'risida u o'zlariga kelgan vaqtidayoq: "Bu aniq sehrdir", - dedilar. 46.8 . Yoki ular: ("Qur'onni Muhammadning) o'zi to'qigan", - deydilarmi?! Ayting: "Agar uni o'zim to'qigan bo'lsam, u holda, sizlar men uchun Alloh (azobi)dan biror narsa(ni daf qilish)ga ega bo'la olmassizlar. U sizlar ko'pirtirayotgan narsani (uydirma gaplaringizni) juda yaxshi biluvchidir. Uning O'zi men bilan sizlarning o'rtangizda yetarli guvohdir. U mag'firatli va rahmli zotdir". 46.9 . (Ey, Muhammad,) ayting: "Men payg'ambarlarning yangisi (birinchisi) emasman. Men (kelajakda) na o'zimga va na sizlarga nima qilinishini bilmasman. Men faqat o'zimga vahiy qilinadigan narsaga ergashurman. Men faqat aniq ogohlantiruvchidirman". 46.10 . Ayting: "(Ey, mushriklar,) xabar beringiz-chi, agar (ushbu Qur'on) Allohning huzuridan bo'lsa-yu, sizlar unga kofir bo'lsangizlar va Isroil avlodidan bo'lgan bir guvoh ham u (Qur'on)ning o'xshashiga guvohlik berib, imon keltirsa-yu, sizlar (imon keltirmay) kibr qilganlaringiz nimasi?! Albatta, Alloh zolimlar qavmini hidoyat qilmas".
|