FARZAND TARBIYASIFarzandlarni shar’iy tarbiyalash bu qoloqlik alomati yoki bolalarni qisib qo’yish emas, balki ijtimoiy hayotga to’g’ri ahamiyat berish demakdir. Oila qanchalik madaniyatliroq bo’ladigan bo’lsa shunchalik hayotdagi turli masalalarga jiddiyroq yondoshadigan bo’ladi. Agar qizlar o’zlarining amakilari yoki tog’a va xolalarining o’g’illlari oldida ham hijoblarini saqlagan holda to’g’ri raftor qilishsa bu ularning yuksak madaniyatini ko’rsatadi. Endi ana shu yuksak madaniyat qayerdan vujudga kelishi mumkin? Tabiiyki oilada. Albatta agar oilada bunday masalalarga to’griyondoshilsa. Har bir musulmon oilasi bolalarga mahram nimayu nomahram nimaligini , harom va halolni o’rgatishi kerak [5]. Fotima Tabataboiy (imom Xumayniyning kelini) imom Xumayniyning qizlarda hijob masalasini qanday olib borish kerakligi haqida bunday degan edi, deb naql qiladi: Qizlar to to’qqiz yoshga to’lgunlaricha istagan rangdagi turli kiyimlarni kiyishlari mumkin. Ammo undan keyin esa hijobga kirmoqlari lozimdir. Bundan keyin qizlar amakivocha yoki xolavochcha nomahram ekanligini bilishi va ular oldida hijobda bo’lmog’i kerak . shuning uchun bolalarni yoshligidan oz-ozdan bu msalalar bilan tanishtirib bormoq lozimki, balog’at yoshiga yetganda o’zi tushunib shariatni osonlik bilan qabul bo’ladigan bo’ladi. Ba’zan ota-onalarning turli saliqalari shariatni buzib ko’rsatadi va yoki qiyinlashtiradi. Bolalarga dinni to’gri tushuntirish kerak, aslo dindan cho’chitib qo’ymaslik lozim. Chunki aslida din osndir va odamlarga yengillik tug’dirish uchundir, qiynash uchun emas [6]. Qur’oni karim nazaridan qaraydigan bo’lsak, aslida din, dindorlik va ibodat bu shunday lazzatbaxsh narsalarki, dunyodagi hech bir ish odamga shunchalik lazzat bag’ishlamaydi. Hikmat egasi bo’lmish Xudovand hech qachon bandalarining zarariga qonun tasis etmagandir. Agar bandalariga biror narsani amr qilgan bo’lsa, demak usha narsa bandasining foydasigadir. Xuddi shuningdek agar bandasiga biror narsani harom qilgan bo’lsa, shaksiz usha narsa inson uchun zararlidir. Shunday ekan, shariatga to’liq amal qilish bilan odam har ikki dunyo saodatini qo’lga kiritishga muyassar bo’ladi. Bahsimiz natijasi Farzandlarimizga (o’g’il bolami yoki qiz bolami) kichik yoshligidan boshlab asta-sekin diniy tushunchalar berib borish kerak. Hidoyat.org dan olindi
|