FARZAND TARBIYASI



Bolalar va o’smirlar uchun  mahram va nomahramlarni o’rgatish

Farzandlarimizga mahram va nomahram haqida tushuncha berish diniy tarbiyaning uzluksiz qismlaridan  biridir. Agar bolalarimizni diniy tarbiyalamoqchi bo’lsak, ular bilan  kichkinaligidanoq shariat ahkomlari asosida ish yuritmog’imiz lozimdir. Yigit va qizlar balog’at yoshiga yetganlarida qiyinchilikka duch kelmasliklari uchun ularga to’gri diniy ta’lim bermoq lozimdir. Ayniqsa qiz bolalarga nisbatan bu narsalarga ko’proq ahamiyat bermoq zarurdir. Negaki ular o’gil bolalarga nisbatan tezroq balog’atga yetadilar. Aytilishicha bolalar olti yshligidan boshlaboq qizlar va o’g’il bolalarga o’ziga xos ayricha muomala qilmoq kerakdir. Rivoyatlarda yozilishicha, olti yshga yetgan kichik qizlarni nomahram o’g’il bolalar va kishilar o’pmasliklari va yoki quchmasliklari zarur. Shuningdek nomahram ayollar yetti yoshga to’lgan o’gil bolalarni o’pib quchmasliklari lozimdir. Yana tavsiya etilishicha, bolalar olti yoshdan keyin o’g’il bolalar va qizlar alohida yotmoqlari kerak. Mana shu aytilgan tavsiyalarga amal qilinsa qizlar va o’g’il bolalar kichik yoshdanoq o’zlarining jinsiyatiga xos holda katta bo’lishadi va bu esa o’z navbatida balog’atga yetish jarayonini ular uchun yengillashtiradi [1].

Farzand tarbiyasida shunday savol tug’ilishi mumkinki, ya’ni bolani dindor qilib tarbiyalab biz uni dindor qilamizmi, yoki uning o’zi iymon keltirib dindor bo’ladimi? Savolga aniq javob topish bizga farzandimiz bilan qay yo’sinda tarbiyalashimiz kerakligini ko’rsatib beradi. Jumladan bolamizga qay tariqa jinsiy tarbiya berishlikni ham ko’rsatadi. Farzand tarbiyasining nechog’lik tasirli ekanligi  tarbiya berayotganda uning o’zi mana shu ishda qanchalik ishtirok etishiga bog’liqdir.  Biz agar farzandimizning shariat asosida ish ko’rishini istaydigan bo’lsak, unda uning yashashi uchun shunday sharoit yaratib berishimiz lozimki, buning natijasida farzandimiz o’zi diniy tarbiyalanishga rag’batli bo’ladi. [2]

Bolalar shunday tarbiyalanishlari kerakki, o’zlarining xulqu –atvorlarini o’zlari ichlaridan nazorat qiladigan bo’lsinlar. Ana shunda ota-onaning nazoratidan uzoqda bo’lsalar ham o’zlarini to’g’ri tutadigan bo’lailar. Ayniqsa o’smir va yoshlar agar to’gri tarbiyalansalar muhit fasod va gumrohl;ikka to’la bo’lsa ham diniy vijdonlari ularni yomon va ma’siyat ishlardan asraydi. Tarbiya qilishda bolalarni ana shunday ya’ni har qanday shart-sharoitda o’z din va iymonini saqlab qola oladigan qilib tarbiyalashga harakat qilmoq lozimdir. [3]

Bu borada imom Xumayniy (rahmatullohi alayh)dan shunday naql qilinadi. Imom ayol va erkak orasidagi munosabatni chegaralashtirgan edi, ya’ni bu masalaga (mahram-nomahramga) alohida ahamiyat berar edi. Bolaligimda bo’lgan bir voqeani hech esimdan chiqarmayman, hali o’n yoshga to’lmagan edim , men hijobda edim va shuning uchun xotirjam bo’lib akalarim bilan qo’shilib xolamning o’g’illari bilan bekinmachoq o’ynar edim. Imom meni oldilariga chaqirib : SEning opalaringdan hech qanday farqing yo’qku, lekin ular o’gil bolalar bilan o’ynashmaydi, qara- deb aytdilar. Men ana shu kundan boshlab o’gil bolalar bilan o’ynamaydigan bo’ldim [4].

Muqaddas islom dinida musulmonlar uchun xulq atvorlarida kiyadigan kiyimlarida ma’lum qonun –qoida qo’yilgandir. Ayollar uchun badanning yuz va ikki kaftlaridan boshqa hamma yeri berkitilgan bo’lishi kerak. Nomahram ayol va erkakning o’zaro muloqotga kirishi zaruratdan tashqari man etiladi. Yigit va qizlarning o’zaro aloqalari qaysi chegarada bolishi kerakligini avvalo o’zimiz yaxshi tanib olishimiz kerak. Bu esa haddan orttirib yuborish va yoki shariatni umuman oyoq osti qilishdan asraydi. Ikkinchidan

Farzandlarimizni o’zlarini ichdan nazorat qiluvchi qilib ya’ni nafaqat tashqi nazorat ostida bo’lishga o’rgatishimiz kerak.

Bu o’rinda hazrat Fotima (alayha salom)ning aytganlarini keltirishni lozim topdik. Ul hazrat bunday deb marhamat qilgan edilar: “ Ayol kishi (iloji boricha) nomahram erkakni ko’rmasin va nomahram erkak ham uni ko’rmasin”.

Bu gapni aytgan hazrat Zahro (alayha salom) avvalo o’zi aytganiga amal qilgan va o’zining hayotidagi dasturul amal qilib olgan edi.



1 2 next