NAMOZNI KECHIKTIRIB O’QISH HAQIDABizga yaxshi ma’lumki, namozni avvali vaqtida o’qish kerakligi haqida paygambarimiz (saov) ko’plab ta’kidlagan edilar/ lekin ba’zi holatlarda esa namozni kechiktirib o’qish ba’zan joiz va ba’zan esa hatto mustahabdir/ ana shunday holatlar haqida siz azizlarga hikoya qilib berishni istar edik. Quyidagi holatlarda namozni kechiktirib o’qisa bo’laveradi: 1- Peshin yoki asr namozlaridan oldin nafl namozini o’qiyotgan bo’lsa, avval ana shu nafl namozni oxirigacha o’qibolib, keyin farz qilingan namozlarini o’qishi kerak. 2- Qurbon hayitidan bir kun oldin (Arafa kuni) hojilar Arafotdan Mash’arul haromga ketayotganda shom va xufton namozlarini kechiktirib, Mash’arul haromga yetib kelganidan keyingina ikkala namozni u yerda o’qishi mustahabdir. 3- Xufton namozini kechroq ya’ni osmondagi qizil shafaq tamoman yo’qolganidan keyin o’qish afzaldir. 4- Istihoza ko’rayotgan ayol namozlarini kechiktirib, keyin bitta g’usl bilan ularni jam qilib o’qishi mumkin. 5- Kecha namozini o’qiyotgan odam bomdodga azonini eshitsa, avval to’rt rakaatli kecha namozini tugatib, keyin bomdodni o’qiydi. 6- Namoz payti bo’ldimi yoki yo’qmi shak qilgan odam yaxshisi shoshilmasdan namozini bir oz kechiktirgani ma’qulroqdir. Chunki shunday qilsa, namoz payti kirganligiga hech qanday shubha qilmaydi. 7- Hojatxonaga borgisi kelib turgan odam, azon aytilib qolinsa, darrov namoz o’qimay, avvalo bo’shanib keyin tahoratini yangilagani afzaldir, aks holda qistab turgan holda namoz o’qish makruhdir. 8- Tahorat qilish uchun suv topolmagan odam agar suv topilishiga umidi bo’lsa, namozni kechiktirishi afzaldir. (Tayammum olmay sabr qiladi va agar namoz qazo bo’lishiga qadar ham suv topmasa, tayammum qilib namozni qazo qilmasdan o’qib oladi). 9- Yo’lga chiqqan musofirlar agar namoz qazo bo’lishidan oldin vataniga qaytib kelishi ehtimoli kuchli bo’lsa, namozni qasr o’qimay yurtiga yetib borib olgunicha namozini kechiktiradi va keyin to;liq qilib o’qiydi.
|