NAMOZ – KUFR VA IYMON ORASIDAGI CHEGARADIR.Hazrat rasululloh (SAOV) bunday deb marhamat qilgan edilar: Musulmon va kofirni ajratib turuvchi narsa farz namozlaridir.Ya’ni aytmoqchilarki, farz qilingan namozlarini tark qiluvchi odam- kofir bo’lib qoladi. Allohning o’zi bizni u toifa odamlardan bo’lib qolishlikdan asrasin! Namoz o’qishning ba’zi jihatlarini zikr qilmoqchimiz: 1. Qalb huzuri;Odamning qalbi u nimaga ahamiyat beradigan bo’lsa, usha narsa bilan band bo’ladi. Namoz paytida Alloh Taologa ahamiyat beradigan odamning qalbi albatta Xudoda bo’ladi. Mana bu hadis shuning uchun aytilgandir: Alloh Taolo qalbi badani bilan bo’lmagan namozni qabul qilmaydi. Albatta qalb huzurisiz namoz o’qigan odamning namoz o’qish vazifasi undan soqit bo’ladi, lekin namozning qabul bo’lishi bu boshqa masaladir. 2. Namoz qabul bo’lishi miqyosi qalb huzurining qanchalik ekanligiga bogliqdir.Paygambarimiz (SAOV) aytgan edilar: Ba’zi namozlar qabul bo’lmaydi, illo ularning ½ yoki 1/3, ¼, 1/5, 1/6 … 1/10 qismigina qabul bo’ladi. Mana shu qabul qilingan qismining nechoglik bo’lishi esa, qalb huzurining miqdoriga bog’liqdir. 3. Nimalar qalb huzuri paydo bo’lishini oldini oladi?Namozda hayolning boshqa yoqqa ketishi, qalbning boshqa narsa bilan mashgul bo’lishi shaytonning amallaridandir. Hazrat Ali (a.s) naql qiladi:Shuning uchun Xudovand namoz paytida bandasiga qarab turadi. Lekin banda g’ofillik qilsa (ya’ni unga qaramaydigan bo’lsa), unga uch martagacha quyidagi so’zlar bilan murojaat qiladi: Ey bani odam, men senga qarab turibman, nima uchun mendan yuz o’giryapsan? Bu hol uch martagacha davom etadi, agar banda bundan keyin ham g’aflat qilsa, uni o’z holiga tashlab qo’yadi. 4. Nima uchun shayton yuqorida aytgan ishlarni qiladi?Rasululloh (SAOV) aydilar: Bandalar to besh vaqt namozlarini o’qir ekanlar, shayton juda zaiflashib qoladi, shuning uchun u qo;lidan kelgancha, odamlarga namoz o’qishdan to’sqinlik qiladi. Agar odamlar benamoz bo’lsalar, shayton ularga istagan ishini buyura oladigan bo’ladi. 5. Shayton qanday qilib namozxonni chalgitadi?Qachonki namozxon namoz o’qishga turib namozini boshlasa, shayton unga kelib falon va falon narsalarni eslagin, deb vasvasa qiladi. U: “falon narsa esdan chiqmasinâ€, “esingda bo’lsinâ€, “aytgancha falon ishni ham qilishing kerak†kabi so’zlar bilan odamning fikrini namozdan boshqa narsalar bilan mashgul qilib qo’yadi. 6. Nima qilmoq kerak?Hazrat Ali (a.s) dan namozda chalgimaslik uchun nima qilish kerak? Siz qanday qilib hayolingizni jam qilib namoz o’qiysiz-deb so’rashdi. Ul zot bunday deb marhamat qildilar: Men qalbimni har xil narsalardan qo’riqlayman va har kimni unga kirgizmayman. Shunday ekan birinchi navbatda qalbimizni har xil narsalardan asrashimiz kerak. Shunda shayton vasvasa qilishdan ojiz qoladi. 7. Qanday qalblar yaxshiroqdir?Uch xil qalb bo’ladi: 1. Dunyo uchun kuyinadigan qalb. Bunday qalb dunyoda qiynalib yashaydi va doimo azobdadir; 2. Oxirat uchun kuyinadigan qalb. Bunday qalb sohibiga ajru-savoblar bor.
|