NAMOZ – KUFR VA IYMON ORASIDAGI CHEGARADIR.



3.     Allohning oshig’I bo’lgan qalb. Bunday qalb uchun dunyo ham oxirat ham ma’shuqi ham beriladi.

Ha, Alloh bilan mashgul bo’lgan qalbdan shayton haydalgandir. Bunday qalb sohiblari Alloh bilan boshqa narsalarni solishtirib ko’rib, eng vafodori, qudratlisi va sevimlisi Xudo ekanligini tushunib yetganlar. Ammo qalbi boshqa narsalar bilan mashgul odamlar osonlik bilan shayton domiga ilinadilar.

وَمَن يَعْشُ عَن ذِكْرِ الرَّحْمَنِ نُقَيِّضْ لَهُ شَيْطَاناً فَهُوَ لَهُ قَرِينٌ

Kimki Rahmon zikridan (Qur'on nasihatlaridan) ko'r bo'lib olsa (yuz o'girsa), Biz unga shaytonni yaqin qilib qo'yarmiz, bas, u unga hamrohdir. (Zuxruf surasi; 36-oyat)

8.    Shaytonning har tarafdan o’rab olishi;

Qur’onda aytilishicha:

قَالَ فَبِمَا أَغْوَيْتَنِي لأَقْعُدَنَّ لَهُمْ صِرَاطَكَ الْمُسْتَقِيمَ * ثُمَّ لآتِيَنَّهُم مِّن بَيْنِ أَيْدِيهِمْ وَمِنْ خَلْفِهِمْ وَعَنْ أَيْمَانِهِمْ وَعَن شَمَآئِلِهِمْ وَلاَ تَجِدُ أَكْثَرَهُمْ شَاكِرِينَ

* U (alamidan) dedi: "Qasamyod etamanki, meni yanglishtirganing tufayli Sening To'g'ri yo'ling (Islom dini) uzra ular (odamlarni chalg'itish) uchun o'tiraman.

* So'ngra, ularga oldilaridan, ortlaridan, o'ng tomonlaridan va so'l tomonlaridan (chalg'itish uchun) kelaman. (Natijada) ularning aksariyatini shukr qiluvchi holda topmaysan". (A’rof surasi)

Shaytonning har tarafdan o’rab olishi haqida imom Boqir (a.s) dan so’rashganida, ul zot bunday deb tafsir qildilar: Shayton oldilaridan kelishi- bu Qiyomat kunini odamlarga yengil ko’rsatishidir. Orqalaridan kelishi esa mol dunyo va sarvatga o’ch qilib qo’yishidir. Shunday qilib unday odamni zakot va xums to’lashdan qaytaradi va orqangda farzandlaring bor deb vasvasa qiladi. O’ng tarafdan o’rab olishi deganda, u odamlarni diniy masalalarga shak-shubha bilan qaraydigan qi;lib qo’yishidir. Bundan ma’lum bo’ladiki, uning (shaytonning) odamlar toifasidan navkarlari bordir. Chap tarafdan hamla qilishi deganda esa, shaytonning odamlar uchun shahvat va molu-dunyoni qalbga suyukli qilib qo’yishidir.

Shuning uchun ko’zga ko’rinmaydigan bu dushmandan ehtiyot bo’lishimiz lozimdir:

يَا بَنِي آدَمَ لاَ يَفْتِنَنَّكُمُ الشَّيْطَانُ كَمَا أَخْرَجَ أَبَوَيْكُم مِّنَ الْجَنَّةِ يَنزِعُ عَنْهُمَا لِبَاسَهُمَا لِيُرِيَهُمَا سَوْءَاتِهِمَا إِنَّهُ يَرَاكُمْ هُوَ وَقَبِيلُهُ مِنْ حَيْثُ لاَ تَرَوْنَهُمْ إِنَّا جَعَلْنَا الشَّيَاطِينَ أَوْلِيَاء لِلَّذِينَ لاَ يُؤْمِنُونَ

Ey, Odam avlodi! Shayton ota-onalaringiz (Odam va Havvo)ning avratlarini ularga fosh qilish (uyaltirish) uchun jannatdan chiqargani kabi sizlarni ham aldab qo'ymasin! Zero, u va uning to'dasi sizlar ularni ko'ra olmaydigan tarafdan sizlarni ko'radilar. Biz shaytonlarni imon keltirmaydiganlarga do'st qilib qo'ydik". (A’rof surasi; 27-oyat)



back 1 2